Tuman ishchi guruhining 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi 4-chorak hisoboti 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy Byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarorilariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ochiq byudjet” axborot portalini ishga tushirdi.

“Ochiq byudjet” portalining tashkil etilishidan maqsad bevosita fuqarolar tashabbus va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli qaroriga asosan 2022-yil tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi yanvar oyida 6 239,0 mln.so‘m, iyul oyida 6 239,0 mln.so‘m, 2022-yil 1-yanvar holatiga tuman mahalliy byudjetini erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi 1 230,0 mln.so‘m, 2022-yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismining 30 foizi 706,5 mln.so‘m, 2-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismining 30 foizi 1 274,7 mln.so‘m, 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismining 30 foizi 403,2 mln.so‘m mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.
“Ochiq Byudjet” axborot portali 1-mavsumi 3 bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq Byudjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 1-fevraldan 22-fevralgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 212 ta takliflar kelib tushdi.
2-bosqich. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy Byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarori va bu boradagi Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 29-sentabrdagi “Tuman Byudjetlari qo‘shimcha manbalarining mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tadbirlarga yo‘naltirilish tartibi to‘g‘risida”gi VI-42-58-7-100-K/21-sonli qarori bilan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh fuqarolar tomonidan “Ochiq Byudjet” axborot portaliga joylashtirilgan loyihalarni mezon me’yorlariga asosan tanlab olishdi. Jarayon joriy yilning 23-fevraldan 4-martgacha davom etdi. Bunda ishchi guruh tomonidan takliflarning mezonga mosligi va taklif loyihalarining summasiga aniqlik kiritildi. Ushbu jarayonda ishchi guruh tomonidan qiymati 36,5 mlrd so‘mlik 117 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi va taklif mualliflarining shaxsiy kabinetiga takliflari ovoz berish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi. Qolgan 95 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi hamda taklifning amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.
3-bosqich. Ishchi guruh tomonidan mezon me’yorlariga asosan tanlab olingan loyihalar “Ochiq Byudjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtirildi. Jarayon joriy yilning 5-martdan 4-aprelgacha davom etdi. Bu jarayonda tumanimizning 27243 dan ortiq fuqarolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifga ovoz berib faol ishtirok etishdi.
Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda eng ko‘p ovoz to‘plagan 20 ta taklif g‘olib deb topildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 27-apreldagi IV-57-104-7-100-K/22-sonli qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan:
- 1-o‘rin A.Yassaviy mahallasidagi 79-maktabni rekonstruksiya qilish uchun 315,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “O‘ralov Ravshan quruvchi” MCHJ tomonidan yutib olinib 293,4 mln.so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 2-o‘rin “Go‘zal” MFY hududida joylashgan Yoshlar ishlari agentligining moddiy tehnik bazasini mustahkamlash uchun 300,0 mln so‘m mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qaroriga ko‘ra tasdiqlangan Nizomning 2-bob 18-bandiga asosan ushbu taklif nizom talablariga to‘g‘ri kelmasligi sababli rad etildi. 
- 3-o‘rin “Turkibola” mahallasi Chelak poliklinikaga qarashli Kattaturk emlash punkti binosi qaytadan qurib jihozlash kerak uchun 650,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “O‘ralov Ravshan quruvchi” MCHJ tomonidan yutib olinib 586.2 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 4-o‘rin “Yangiobod” mahallasi 10-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 820,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib 762,3 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 5-o‘rin “Burqut” mahallasi 76-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 450,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib 429,7 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 6-o‘rin “Fitrat” mahallasidagi  Chelak poliklinikaga qarashli Samarqand emlash punkti binosi qaytadan qurib jihozlash kerak uchun 605,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib 588,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 7-o‘rin “Do‘slarobod” mahallasi 65-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 450,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib 429,7 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 8-o‘rin “Xosa” mahallasi 14-sonli maktabgacha ta’lim muasassasini joriy ta’mirlash uchun 300,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Abdusamat stroy invest" MCHJ tomonidan yutib olinib 292,6 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 9-o‘rin “Turkibola” mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun 300,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Abdusamat stroy invest" MCHJ tomonidan yutib olinib 292,2 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 10-o‘rin “Beshqo‘rg‘on” mahallasi 9-sonli maktabgacha ta’lim muasassasini joriy ta’mirlash uchun 220,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Abdusamat stroy invest" MCHJ tomonidan yutib olinib 215,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 11-o‘rin “Javsharota” mahallasi 5-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 90,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Samarqand omad komunalchi” MCHJ tomonidan yutib olinib 85,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 12-o‘rin “Mustaqillik” mahallasi 24-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 650,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Ukuna tamir servis” XK tomonidan yutib olinib 645,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 13-o‘rin “Fitrat” mahallasi 97-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 200,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Payariq Qurulish servis” MCHJ tomonidan yutib olinib 199,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 14-o‘rin “Sarbozor” mahallasi 40-sonli maktabgacha ta’lim muasassasini joriy ta’mirlash uchun 200,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ tomonidan yutib olinib 194,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 15-o‘rin “Farovon” mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun 210,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Uskuna ta’mir Servis" XK tomonidan yutib olinib 205,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 16-o‘rin “Darvishiq” mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun 155,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Saxavotli Temur" OK tomonidan yutib olinib 147,2 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 17-o‘rin “O‘zbekiston” mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun 250,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ tomonidan yutib olinib 245,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi. 
- 18-o‘rin “Gulzor” mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun 200,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ tomonidan yutib olinib 195,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 19-o‘rin “Sarbozor” mahallasi 58-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 360,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Story qo‘rg‘on biznes” MCHJ tomonidan yutib olinib 334,1 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
- 20-o‘rin “Fitrat” binosini qaytadan qurib jihozlash uchun 480,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "Uskuna ta’mir Servis" XK tomonidan yutib olinib 438,0 mln so‘mlik ishlar bajarildi va ishlar yakunlandi.
“Ochiq Byudjet” axborot portali 2-mavsumi 3 bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq Byudjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 15-iyuldan 03-avgustgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 222 ta takliflar kelib tushdi.
2-bosqich. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy Byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarori va bu boradagi Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 29-sentabrdagi “Tuman Byudjetlari qo‘shimcha manbalarining mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tadbirlarga yo‘naltirilish tartibi to‘g‘risida”gi VI-42-58-7-100-K/21-sonli qarori bilan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh fuqarolar tomonidan “Ochiq Byudjet” axborot portaliga joylashtirilgan loyihalarni mezon me’yorlariga asosan tanlab olishdi. Jarayon joriy yilning 04-avgustdan 23-avgustgacha davom etdi. Bunda ishchi guruh tomonidan takliflarning mezonga mosligi va taklif loyihalarining summasiga aniqlik kiritildi. Ushbu jarayonda ishchi guruh tomonidan qiymati 90,8 mlrd so‘mlik 170 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi va taklif mualliflarining shaxsiy kabinetiga takliflari ovoz berish uchun qabul qilinganliga to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi. Qolgan 52 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi hamda taklifning amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.
3-bosqich. Ishchi guruh tomonidan mezon me’yorlariga asosan tanlab olingan loyihalar “Ochiq byudjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtirildi. Jarayon joriy yilning 24-avgustdan 17-sentyabrgacha davom etdi. Bu jarayonda tumanimizning fuqarolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifga ovoz berib faol ishtirok etishdi.
Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta taklif g‘olib deb topildi. “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga” jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun jami 9 095,0 mln.so‘m mablag‘lar shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-409-son qaroriga muvofiq sentyabr oylari davomida o‘tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 4 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 2 500,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi. 
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 20-oktyabrdagi VI-69-253-7-100-K/22 -sonli qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan:

- 1-o‘rin “Go‘zal” mahallasidagi Ko‘p tarmoqli markaziy Poliklinkasini issiqlik tizimini joriy ta’mirlash uchun taklif summasi 600,0 mln.so‘m bo‘lib Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib, 588,9 mln.so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan. 
- 2-o‘rin “Go‘zal” mahallasidagi Yangi tashkil etilgan Tumanlararo perenatal markazi binosini joriy ta’mirlash va moslashtirish uchun taklif summasi 1 200,0 mln.so‘m bo‘lib Davlat xaridlari portalidan "O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ tomonidan yutib olinib, 1 178,0 mln.so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan. 
- 3-o‘rin “Go‘zal” mahallasidagi Payariq tuman tibbiyot birlashmasi uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob uskunalar va jihozlarni sotib olish uchun taklif summasi 1 200,0 mln.so‘m bo‘lib Davlat xaridlari portalidan "Baymed innovation" MCHJ tomonidan yutib olinib, 1 198,0 mln.so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan. 
- 4-o‘rin “Nakurt” MFYdagi Boshmoq OSHPni yangi bino qurish uchun, taklif summasi 1 200,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi va Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga qurulish ishlarini amalga oshirish uchun topshirildi.  
- 5-o‘rin “Ko‘lto‘sin” MFY hududidagi ichki yo‘lni asfalt qilish taklif summasi 1 200,0 mln.so‘m. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib, 1 165,0 mln.so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan.
- 6-o‘rin “Nakurt” MFYdagi Boshmaq OSHPni yangi bino qurish uchun, taklif summasi 1 200,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi va Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga qurulish ishlarini amalga oshirish uchun topshirildi.
- 7-o‘rin “A.Yassaviy” MFYdagi Payariq TTB Chelak hududiy shifoxonasining kanalizasiya tizimini ta’mirlash uchun 400,0 mln.so‘m bo‘lib Davlat xaridlari portalidan "MUNISAXON BUNYODKOR" MCHJ tomonidan yutib olinib, 372,0 mln.so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan.
- 8-o‘rin “A.Navoiy” mahallasi 6-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 800,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “SHUHRAT QURUVCHI” XK tomonidan yutib olinib 765,0 mln so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan. 
- 9-o‘rin “Sarbozor” mahallasi 40-sonli maktabgacha ta’lim muasassasini joriy ta’mirlash uchun 900,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ tomonidan yutib olinib 877,0 mln so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan.
- 10-o‘rin “Fidokor” mahallasi 20-sonli maktabning joriy ta’mirlash uchun 595,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “Mirzo g‘olib invest” MCHJ tomonidan yutib olinib 585,0 mln so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan.
- 11-o‘rin “O‘ymovut” MFY binosini qurulish ishlarini davom etirib foydalaanishga topshirish uchun 600,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan "MUNISAXON BUNYODKOR" MCHJ tomonidan yutib olinib 580,0 mln so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan.
- 12-o‘rin “Ernazarqo‘rg‘on ” mahallasidagi  Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ernazarqo‘rg‘on tez yordam shaxobchasi binosini joriy ta’mirlash uchun 600,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “SHOXRUX QURILISH DIZAYN” MCHJ tomonidan yutib olinib 568,2 mln so‘mlik bajarilishi belgilangan. 
- 13-o‘rin “Maniobod” mahallasidagi  Tibbiyot birlashmasiga qarashli Maniobod OSHP binosini joriy ta’mirlash uchun 500,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “MIRZO G`OLIB INVEST” MCHJ tomonidan yutib olinib 495,7 mln so‘mlik bajarilishi belgilangan.
- 14-o‘rin “Turkibola” mahallasidagi  Tibbiyot birlashmasiga qarashli Kattaturk emlash punkti binosini mukammal ta’mirlash ishlariga ajratilishi maqsadida 800,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Davlat xaridlari portalidan “SHOXRUX QURILISH DIZAYN” MCHJ tomonidan yutib olinib 775,0 mln so‘mlik bajarilishi belgilangan, xozzirda ishlar davom etmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM