Ehtiyot choralarini ko'rishingizni so'raymiz!

DIQQAT

HURMATLI PAYARIQLIKLAR!

Kelayotgan hafta davomida ob-havoning biroz ko‘tarilishi va yog‘ingarchiliklar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda qor va muzlarning erishi natijasida suv oqimlarini yuzaga kelishi va joylarda ko‘p miqdorda suv to‘planishi kuzatilishi mumkin.

Shu munosabat bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab vaziyatlarni oldini olish maqsadida barcha tumandoshlarimizdan o‘zlari yashab turgan hududlarda suv oqimi yo‘llarini ochib, ariq va zovurlarni suv oqimini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan xas-hashak va chiqindilardan tozalab qo‘yishlarini so‘raymiz. 

Aziz, tumandoshlar! 

Ushbu sinovli kunlarda barchamiz birdek hamjihatlik bilan ehtiyot choralarini ko‘rsak, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olgan bo‘lamiz.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM