Payariqda kredit qarzdorlik uchun maxsus mashinalar xatlandi

Majburiy ijro byurosining Payariq tumani bo‘limi tomonidan bank kredit qarzdorliklarini to‘liq undirish  bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Payariq tumanlararo sudining 2022-yil 21-iyundagi qarzdor "Samarqand Transport Service" mas’uliyat cheklangan jamiyatidan undiruvchi "Ipoteka bank" ATIB Samarqand filiali foydasiga 2 mlrd. 87 mln kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan. 
 
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyat rahbari X.Sh. ijro hujjatidagi kredit qarzini to‘liq to‘lamagan taqdirida garovdagi maxsus texnika vositalari xatlanishi to‘g‘risida bir necha bor ogohlantirilgan. 
Ammo sud qarori ijrosi qarzdor tomonidan bajarilmaganligi sababli garovdagi barcha jami 4 ta "Shaanxi" rusumli maxsus transport vositalari xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Endilikda zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur transport vositalari "E-ijro auksion" savdo maydonchasiga sotish uchun chiqariladi.

Sardorjon ULUG‘MURODOV, 
Byuroning Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM