Referendumda albatta ishtirok eting!

Ma'lumki, shu yil 30-aprel kuni yangilanayotgan O'zbekistonning yangi zamonaviy jarayonlarga mos, yanada mustahkam konstitusiyasi bo'yicha referendum o'tkaziladi. 

Men ham yurtimizning oddiy bir fuqarosi sifatida bu jarayonlarga befarq emasman. Va farzandim, nevara chevaralarim uchun ham  befarq bo'la olmayman. O'g‘lim nodavlat yo'nalishida, o'z bilimi, salohiyati bilan tadbirkorlik qiladi. Nodavlat tashkilotlari uchun alohida modda bilan belgilab qo'yilgan qismi menga juda ma'qul keldi.

Ya'ni, nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlash yangi konstitusiyamizda belgilab qo'yildi. Nodavlat ta'lim tashkilotlarining rivojlanishini ta'minlash masalasi konstitusiya darajasida belgilanishi keyinchalik bir qaror bilan yopilib yoki yo'q bo'lib ketishi mumkin degan taxminlarni yo'qqa chiqaradi.
Yangi tahrirdagi konstitusiyaning 50-moddasida bu haqda aytib o'tilgan va qonun bilan mustahkamlanadi. Nodavlat ta'limning rivojlanishi nasib bo'lsa, yangi bosqichga ko'tariladi.
Bu borada mehnat qilayotganlarning topayotgan mablag‘i haqiqiy peshona teri evaziga, topilgan halol pullardir. Biz oilamiz bilan befarq emasmiz. Referendumda oilamiz bilan faol ishtirok etamiz. Va barcha yosh-u keksalarni faol bo'lishga chaqirib qolamiz. 

Jibak Axadova.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM