Sanoat zonalarida amalga oshirilgan va yangi loyihalar

Payariq tumani hokimi o'rinbosari Husniddin Bolibekov tumandagi sanoat zonalarida amalga oshirilgan va yangi loyihalar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2020-yil 26-iyundagi 63/10-sonli Qaroriga asosan tumanning “Xalqobod” mahallasi hududida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Bugungi kunda muxandislik-kommunikasiya tarmoqlariga (elektr, suv-oqova) ulanish ishlari deyarli yakuniga yetkazilgan bo‘lib, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish ishlari yakunlanmoqda.
Samarqand viloyat hokimligida o‘tkazilgan 2022-yil 30-maydagi “Viloyatdagi Kichik sanoat zonalari faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda yangi shakllantirilgan istiqbolli loyihalar, kommunikasiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni bilan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Xalqobod” Kichik Sanoat Zonasi va “Go‘zal”, “Birlashuv” hamda “Al-Buxoriy” mahallalarida yangi tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 50 dan ortiq loyihalar joylashtirilishi hamda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Payariq tumani Xalqobod mahallasida “Xalqobod” Kichik Sanoat Zonasi hududida “OLTIN TUPROQ INVEST” MCHJ tomonidan yangidan 5 ta ish o‘rni loyiha qiymati 7 mlrd. so‘m bo‘lgan yog‘ ishlab chiqarish sexi qurildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM