Fuqarolarning murojaatlari o'rganildi

Bugun 17-son bolalar musiqa va san'at maktabida sektor rahbarlarining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning tibbiy va moddiy yordam, gaz , yo'l ta'miri, elektr energiyasi va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutxassislari ishtirokida atroflicha o'rganildi. Ba'zi masalalarga shu yerning o'zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo'lsa, vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga joyida o'rganib, qonuniy tartibda amaliy choralar ko'rish lozimligi ta'kidlandi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM