Inson salomatligiga ta'sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar

Payariq tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Ma’ruf Burxonov bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lumki, atrof-muhitni toza saqlash insoniy va fuqarolik burchimiz. Bu ish bizni turli kasalliklardan yiroqda bo‘lishimizni ta’min etadi.  Tozalik yo‘q joyda mikroblar, turli bakteriyalar, viruslar ko‘payadi va ular jonli organizm hisoblanadigan inson tanasiga ham hujumga o‘tadi. Natijada gepatit A, B, S, D, Ye va boshqa yuqumli kasalliklar urchiydi. Bu kasalliklar esa inson hayotiga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Masalan, 2022-yilning 1-choragida  tumanda 171 nafar gepatit A kasalligiga uchraganlar bo‘lsa, bu kasallik 2023-yilning 1 choragida 224 nafar uchradi. Buning sababi tumanimizda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasidagi kamchiliklardir.  Bu kasallikdan odamlarni, ayniqsa, bolalarni asrashning yo‘li ularni xususiy vaksina markazlarida sotiladigan vaksinasidan sotib olib emlashdan iboratdir. Shuningdek, bo‘limda 13 turdagi kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlanmoqda. 
Bo‘lim boshlig‘i jurnalistlar bilan suhbatda bugungi kunda bo‘limda 91 nafar ishchi-xodimlar ishlashayotgani, ularning 29 nafari vrachlar, 48 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari ekani, bo‘limda epidemiologiya, sanitariya, dezinfeksiya, parazitologik,  sanitarik gigiyena, bakteriologik laboratoriya bo‘limlari mavjud ekani haqida gapirdi. Payariq tuman aholisi 2023- yil  01  yanvar holatiga ko‘ra  jami 280607 kishini tashkil qiladi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 91185 tani tashkil qiladi, bulardan 1 yoshgacha 7357 nafar,  1 yoshlilar 7591 nafar, 2-3 yoshlilar soni 14270 nafar, jami 0-3 yoshlilar  29218 nafar.
Tumanda aholi salomatligini muhofoza qilishda 2 ta shifoxona, 1 ta yuqumli kasalliklar bo‘limi,  2  ta poliklinika, 2 ta OP va 24 ta OSHP faoliyat ko‘rsatadi.

Payariq tumani aholisi o‘rtasida 2023-yilning mart oyida 2022-yilning  mart oyiga   nisbatan epidemiologik retrospektiv yo‘l bilan tahlil qilganimizda ayrim yuqumli kasalliklar ko‘payganligi va ayrimlarini kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda bo‘lim tomonidan bog‘cha, mahalla va ta’lim muassasalarida sanitariy epidemiologiya sohasi bo‘yicha tushuntirish targ‘ibotlari olib borilmoqda. Har oyda 5 ta MFYlarda yig‘ilishlar o‘tkazilib,  bu borada targ‘ibot ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu yig‘ilishlarda shu mahallalardagi mavjud xonadonlardagi tozalik, sanitar holati, oshxonalari, hojatxonalaridagi ahvol qanday ekani ham ko‘rib chiqiladi. 
2023-yildan maktablarda autsorsing tizimi ishga tushirilib, maktablar o‘quvchilarini tushki ovqat bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ammo hali maktablarimizning 30 foizida bu tizim ishlashi uchun oshxonalar mavjuddir. 
Shuningdek, matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan oshxonalar va qassobxonalarda oshpaz va qassoblarning sanitariya qoidalari va me’yorlariga qanchalik rioya qilishiayotgani borasidagi savollar ham berildi. Yoz mavsumi kelib, mahallalarda to‘ylar ko‘payishi va  to‘yxonalarimizda to‘yga keluvchilarning soni ortishi munosabati bilan ham u yerdagi oshpaz va to‘yxonalar egalariga ham bu borada tushuntirishlar berilishi lozim. 
Bog‘chalarimiz esa har yili bo‘lim vrach va hamshiralari tomonidan  to‘liq tekshirib chiqiladi. 
Bozorlar masalasidagi savollarga bo‘lim boshlig‘i bu borada soliq, IIB, “Toza hudud”, Ekologiya tashkilotlari va OAV vakillari hamkorligida ishchi guruhlari tuzilib, ishlar olib borilishi ulardagi sanitariya holatining keskin yaxshilanishiga xizmat qilishini bildirdi.
Azamat TAVBOYEV.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM