Yangiliklar

Yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 619-sonli qaroriga muvofiq ayrim qarorlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, jumladan, 2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilgan obyektlarni instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlarini toʻxtatilishi belgilangan.

Matbuot anjumani o'tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM