Hududda ta'lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar

Payariq tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri Mahmud Xo'jayorov ishtirokida "Hududda ta'lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishla" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

- Hammaga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269 va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-sonli Maktabgacha va maktab ta’limini tashkil etish bo‘yicha farmonlari chiqarildi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu tizimga qamrab olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faoliyati yuzasidan ma'lumot bermoqchiman, - deydi anjuman avvalida bo'lim mudiri.

1.Umumiy o‘rta ta’lim maktablar bo‘yicha

Umumta’lim maktablardagi o‘quvchi va o‘qituvchilar haqida:

Bugungi kunda tumanda 103 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan, 102 ta maktablar (16 ta filial), 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritadi. Tumandagi mavjud 4944 nafar pedagoglarning 361 (7,3%) nafari oliy toifali, 906 (18,3%) nafari birinchi toifali, 1250 (25,3%) nafari ikkinchi toifali, 1379 (27,9%) nafari mutaxassis toifali, 593 (12%) nafari o‘rta maxsus, 455 (9,2) nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli pedagoglar hisoblanadi.

Hozirda tumandagi 102 ta umumta’lim maktablarida 49826 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda.

2.Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining OTMga kirish bo‘yicha:

2021-2022 o‘quv yilda umumta’lim muassasalarini 3003 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirdi.

Bu yil tumandagi umumta’lim maktablarning 11-sinf bitiruvchilaridan 7 nafari muddatidan oldin nufuzli xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga muyassar bo‘lishdi.

2020-2021 o‘quv yili yakuni bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan jami bitiruvchilarning 2859 nafari yoki 95 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan.

Natijalar o‘tgan o‘quv yili ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda:

2020 yilda tuman bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 350 nafar (9.1%) ni tashkil qilgan bo‘lsa,

2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 725 nafar (21,1%) ga ko‘tarilgan, viloyatda 7-o‘rinni egallagan bo‘lsa.

2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 1047 nafarga (37,7%)ga yetib viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganligi reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha tuman viloyatda 5 o‘rinni egalladi.

2021-2022 o‘quv yilida bitiruvchilarining oliy ta’limga qabuli bo‘yicha 53-umumta’lim maktabida 34 nafardan 34 nafari (100%), 82-umumta’lim maktabida 12 nafardan 11 nafari (91,7%),  talabalikka qabul qilindi.

3.Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha:

Payariq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 102 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib 2021-2022 o‘quv yilida jami 11-sinf bitiruvchilar soni 3003 nafarni tashkil etgan. 3003 nafar bitiruvchidan 1047 nafari (37,7%) oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylandi.

184 nafar (6,1%) o‘quvchi kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan, 136 nafari (4,5%) harbiy xizmatga borish istagini bildirishgan, 58 (1,9%) nafari hunar o‘rganish maqsadida qisqa muddatli o‘qishga jalb etilgan, 274 nafari (9,1%) tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, 76 nafari (2,5%) chet elga ishlash maqsadida ketgan bo‘lib, qolgan 1221 nafar o‘quvchidan 657 nafari (21,8%) bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlov kurslariga qatnamoqda, 538 nafar (17,9%) o‘quvchini bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, tumandagi 102-umumta’lim maktabi namunaviy kasb-hunarga o‘rgatish amaliyot maktabi sifatida jihozlangan bo‘lib, u yerda 7-11 sinf o‘quvchilariga erkaklar sartaroshi, kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish, avto elektrik, poyabzal ta’mirlash, duradgorlik, tikuvchilik (ko‘rpacha va kashta) kasblari o‘rgatiladi.

4.Kadrlar salohiyati:

2021-2022 o‘quv yili davomida tumanda 4893 nafar pedagog-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib 141 nafari (3 foiz) oliy toifali, 481 nafari (9,8 foiz) 1-toifali, 910 nafari (18,5 foiz) 2-toifali, 3361 nafari (68.6 foiz) mutaxassislarni tashkil qildi.

Hududiy malaka oshirish markazida joriy yilda tuman xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning 1207 nafari malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olishga tavsiya etildi.

2022 yil sentabr-dekabr oylarida pedagog kadrlar attestatsiya jarayoniga 2361 nafar pedagog kadrlar jalb qilinib, shundan, 1417 nafari (60 foizi) malaka (test) sinovidan o‘tib, o‘qituvchilar salmog‘i 26,2 (26,2 foiz pedagoglarning toifasi oshdi) foizni tashkil etdi.

Natijada o‘qituvchilarning sifat tarkibi oshdi;

Jumladan, 361 nafari (7,3 foiz) oliy toifali, 906 nafari (18,3 foiz) 1-toifali, 1250 nafari (25,3 foiz) 2-toifali, 1379 nafari (27,9 foiz) mutaxassis toifali o‘qituvchilarni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda maktablarda pedagoglarning sifat tarkibi 25,6 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 12,8 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

5.Olimpiada natijalari;

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablaridan jami 104 nafar o‘quvchi Viloyat bosqichida qatnashib shundan 5 nafari:

3-maktab 11-sinf o‘quvchisi Abdurashidov Sunnat matematika fanidan faxrli 1-o‘rinni;

12- maktab 11-sinf o‘quvchisi  Jalilova Iroda nemis tili fanidan faxrli 3-o‘rinni;

44-maktab 11-sinf o‘quvchisi Norboeva O‘g‘iloy ona tili fanidan faxrli 3-o‘rinni;

6-maktab 10-sinf o‘quvchisi Oblaqulova Dilfuza ona tili fanidan faxrli 1-o‘rinni;

68-maktab 9-sinf o‘quvchisi O‘mirzoqova Ruhshona kimyo fanidan faxrli 2-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

6.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligi:

Birinchi tashabbus bo‘yicha maktablarda 572 ta to‘garaklar tashkil etilib, ularga 12916 nafar (25,6%) o‘quvchilar qamrab olinadi.

Ikkinchi tashabbus bo‘yicha maktablarda 394 ta sport to‘garaklari tashkil etilib, ularga 12945 (25,6%) o‘quvchilar qamrab olinadi.

Uchinchi tashabbus bo‘yicha maktablarda IT yo‘nalishida 180 ta to‘garaklar tashkil etilib, 3528 nafar (7 %) o‘quvchilar qamrab olinadi.

To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha maktablarda 304 ta kitobxonlik klublari tashkil etilib, 7374 nafar (7,8%) o‘quvchilar qamrab olinadi.

Beshinchi tashabbus bo‘yicha maktablarda 393 ta to‘garaklar tashkil etilib, 8566 nafar (17%) o‘quvchi-qizlar qamrab olinadi.

Payariq tumanidagi 102 ta umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 36 dona (markasi 50) isitish qozonlari olib kelinib, 20 ta umumta’lim maktablariga o‘rnatildi.

Kuz-qish mavsumiga 11 ta umumta’lim maktablarining yaroqsiz holatga kelgan issiqlik tizimlar ta’mirlash uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 765,0 so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda 10 ta umumta’lim maktablarida issiqlik tizimlari ta’mirlash ishlari tugatilib foydalanishga topshirilgan.

Tumandagi 1, 4, 35, 82-umumta’lim maktablari hududida elektr tizimini joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ushbu maqsadda 481 mln so‘m pul mablag‘lari sarf qilindi.

Tumandagi 8 ta (5-,10-,24-,58-,65-,76-,79-,97) umumta’lim maktablarida “Tashabbusli budjet” (open byujdet) dasturi asosida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Tumanimizda 2021-2022 o‘quv yilida 21,002 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga 5 ta umumta’lim maktablarida qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, Fitrat MFY hududidagi 59-maktabda loyiha qiymati 1 mlrd 225,93 mln. so‘mlik mablag‘ hisobiga jami quvvati 400 o‘ringa yetkazildi.

82-maktabda loyiha qiymati 2 mlrd 638,43 mln so‘m mablag‘ hisobidan qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurildi va bugungi kunda maktabning jami quvvati 480 o‘ringa yetkazildi.

Xo‘jaobod MFY hududida joylashgan 68-maktabda loyiha qiymati 4 mlrd 874,89 mln so‘m mablag‘ hisobidan qo‘shimcha 300 o‘rinli bino va 220 o‘rinli binosi mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi va bugungi kunda maktabning jami quvvati 520 o‘ringa yetkazildi.

Bobur MFY hududida joylashgan 74-maktabda pudratchi tashkilot “Quvonchbek qurilish” MChJ tomonidan loyiha qiymati 5 mlrd 683,77 mln so‘m pul mablag‘lariga 850 o‘rinli binosida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

Qumchuq MFY hududida joylashgan 80-maktabda pudratchi tashkilot “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ tomonidan loyiha qiymati 6 mlrd 579,34 mln so‘m mablag‘ga 840 o‘rinli binosi mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi va bugungi kunda barcha maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.

 

 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM