Kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan islohotlar negizida “Inson qadri uchun” tamoyili yotadi

Ayni kunlarda respublika mutasaddi tashkilotlari hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Samarqand viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar negizida “Inson qadri uchun” tamoyili yotadi.
Bugun ushbu ishchi guruh a'zolari Payariq tumanida bo'lib, fuqarolarimizning turmush darajasini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, "Xo'ja Ismoil" mahallasida joylashgan "Paradise white gold" MChJ tikuv fabrikasida bo'lishib, ishsiz ayollarni ish bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan band qilish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM