Avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanadi

Hurmatli tumandoshlar!

Barchamiz orziqib kutgan yangi yil bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Payariq tumanida ham "Yangi yil archasi" bayram tantanalarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Go'zal mahallasida joylashgan "Yoshlar bog'i" ga olib keluvchi ko'chalar, ya'ni "Payariq 50 yilligi" ko'chasining "Jaloliddin Manguberdi" ko'chasi bilan kesishgan tutashmadan "Kamolot" ko'chasi bilan kesishgan tutashmasigacha bo'lgan oraliq qismida, "Samarqand' ko'chasining "Kamolot" 1-tor ko'chasi bilan kesishgan tutashmasi, tuman hokimligi binosi yonidan Payariq tuman Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi (sobiq Tibbiyot kolleji) binosigacha bo'lgan oraliq qismida 2023-yil 23-dekabrdan 2024-yil 5-yanvarga qadar avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanadi.

 

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM