Yangi yilga bayram tuhfasi

Yurtimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga berilayotgan imtiyoz va sharoitlar yildan-yilga o‘zining ijobiy natijasini berib bormoqda.

Payariq tumani "Oqtosh" mahallasida tadbirkor Isroqul Muhammedov tashabbusi bilan yangi oziq-ovqat do‘koni xalqimizga yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 10 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Isroil Jabborov so‘zga chiqib, mazkur maskan elimizga sifatli xizmat qilishini tilab, barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM