Aholini ro‘yxatga olishning demografik xususiyatlari

Aholining  “jinsi”, ”yoshi”  va  “nikoh holati” demografik xususiyatlari  turli  xil  ijtimoiy-iqtisodiy va demografik  masaladarni  tushunishga  yordam  berish  uchun ro‘yxatga  olish  boshqa  ma’lumotlarini  tasniflash  va  ularni  taqdim  etishda muhim hisoblanadi.

Jins va yoshga  kelsak, bu  ma’lumot ro‘yxatga  olish  doirasida so‘rov  bilan qamrab olinadigan har  bir  shaxs  bo‘yicha  ma’lumot yig‘ilishi shart. Shundan  kelib  chiqqan  holda,  bunday ma’lumotlar tugallanmagan  hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini  oldini  olish  maqsadida  shartli  yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxsning jinsini ro‘yxatdan o‘tkazish  kerak. Aholining  jinsi, yoshi  bilan  birga, aholi sonining boshqa  xususiyatlari  bilan  ko‘pincha o‘zaro tasniflangan ro‘yxatga olish  belgisidir. Shu  bilan  birga,  ushbu  uchun  ajratilgan  yacheyka iloji boricha to‘liq va aniq to‘ldirilishi  juda  muhimdir.  Aholi  jinsi  kesimida ma’lumotlarning  taqsimlanishi gender statistikasini tuzishning  asosiy  talablaridan  biridir. Kshpgina  ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlarga  ko‘ra, ro‘yxatga olish jarayonida to‘planishi mumkin bo‘lgan  ma’lumotlar, masalan, ta’lim, bandlik  holati, nikoh  holati, migratsiya, nogironlik  va  uy-joy  sharoitlari, odatda, jinsga qarab farq qilishi mumkin. Aholi  jinsi  yoshi  bilan  bir  qatorda, ro‘yxatga  olish va  boshqa  tadqiqotlar  doirasida  shaxslar  haqida  yig‘iladigan, shuningdek, boshqa  ma’muriy  hisoblar  tizimida  yuritiladigan  va  ushbu  ko‘rsatkichlarni  boshqa  ko‘rsatkichlar  bilan  birlashtirishda  aholining  kshpgina  ijtimoiy, demografik  xususiyatlarini tahlil qilishga asos yaratadi.

Yosh haqida ma’lumot  olish  uchun  tug‘ilgan  kun  haqida  ma’lumot  to‘plash  tavsiya  etiladi. Bu ro‘yxatga  olish  vaqtida  aniq  yoshdagi  ma’lumotlarni  to‘plashdan ko‘ra  aniqroq  ma’lumot  olish  imkonini  beradi.  Tug‘ilgan  sana  haqida  ma’lumot  to‘plash  ma’lumotlar  jadvallarini  ikki  shaklda: tug‘ilgan  yil  va  to‘liq  yillar  sonini  ishlab  chiqishga  imkon  beradi.

Nikoh holati mamlakatning nikoh qonunlariga  (yoki  urf-odatlariga) nisbatan  har  bir  shaxsning  oilaviy  ahvoli (ya’ni, nikoh  holati) deb  ta’riflanadi.  Har  bir  shaxsning  qonuniy  nikoh  holati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  kamida  15  va undan  yuqori  yoshdagi  shaxslarga  nisbatan  to‘planishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  turli  mamlakatlarda  qonun  bilan (yoki  an’analar,  urf-odatlar  asosida) belgilangan  eng  kam  nikoh  yoshi  bir  xil  emas,  chunki  aholi  boshqa  mamlakatlarda  turmush  qurgan  yoshlarni  o‘z  ichiga  olishi  mumkin.  Shuning  uchun, eng  kam  nikoh  yoshi  bo‘lgan  barcha  shaxslar  uchun  bunday  ma’lumotlarni  to‘plash  tavsiya  etiladi.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM