"Aliobod" mahallasining binosini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Viloyat prokurori M.Eshnazarov  sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘tkazgan uchrashuvida "Aliobod", "Qirqovul" va "Bahor" mahallalarining ma'muriy binosini qurish masalasi muhokama etilib, ishlarni boshlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan edi. 

Bugun ushbu xayrli ishlar oldidan viloyat prokurori, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida  qo‘y so‘yilib, Qur'on tilovat qilindi hamda mahalla binosining dastlabki g‘ishti qo‘yildi. 

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM