Mustahkam oila – jamiyat tayanchi

Oila — jamiyatning asosiy boʻgʻini, muqaddas maskan. Mamlakat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi asosiy hujjat — Bosh Qomusimizda oila masalasiga alohida urgʻu berilgani ham bejiz emas, albatta.

Payariq tumanida bugungi kun holatiga oilaviy ajrimlar va ularning sabablari, ajrimlarning oldini olish masalalariga bag'ishlangan muloqot bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi I.Jabborov,  Fuqarolik ishlari bo'yicha Payariq tumanlararo sudi raisi Sh.Turdaliyev, mahalla fuqarolar yig'inlari rais va o'rinbosarlari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o'tkazilgan muhokamada oilaning mustahkamligi jamiyat mustahkamligining garovi ekanligi, bu borada oilaviy ajrimlarga yetaklovchi omillar tahlil etildi. Unda kundalik hayotimizda oilaviy ajrimlarga sabab bo'layotgan turli omillar sanab, oldini olish choralari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Oxirgi statistik ma'lumotlarga ko'ra, tumanda 174 ta ajrim yoqasidagi oilalar mavjud bo'lib, har bir mahalladagi faollar bu borada mas'uliyatni yanada chuqurroq his qilgan holda tadg'ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta'kidlab o'tildi.
Yig'ilishda oila aʼzolarining maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirish hamda ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash tartibi, ajrimlarning farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy taʼsiri to‘g‘risidagi mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM