"Nuroniylar yoshlarning ko'ziga nur, qalbiga quvvat bo'luvchi, Yangi O'zbekistonni har tomonlama mukammal, intellektual salohiyatli yaratuvchilaridir!"

"Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limi tashabbusi bilan ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PQ-92-sonli qarorini 4-bandida belgilab qo'yilgan "Har bir mahallada "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tamoyilining ijrosi bo'yicha "Nuroniylar yoshlarning ko'ziga nur, qalbiga quvvat bo'luvchi, Yangi O'zbekistonni har tomonlama mukammal, intilektual salohiyatli yaratuvchilaridir!" shiori ostida joylarda keksa faol faxriylar bilan yig'ilishlar bo'lib o'tmoqda.

Darhaqiqat, bugun yoshlarni Ona Vatanga muhabbat, milliy-umuminsoniy qadriyatlar va shukronalik ruhida tarbiyalash, ota-bobolardan, ustozlardan faxrlanish tuyg'ularini kuchaytirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, kattalarga hurmat hissini shakllantirish nuroniylarning asosiy  maqsadi ekanligi yi'ilishda mas'ullar tomonidan bot-bit ta'kidlanmiqda. Albatta bu kabi ezgu maqsadni amalga oshirishda "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tashabbusi nihoyatda muhim ekanligi o'z-o'zidan ko'rinib turibdi.
Bugun Payariq tumanidagi madaniyat uyida tumanning keksa nuroniy otaxon va onaxonlari bilan bo'lib o'tgan kengaytirilgan yig'ilishda ham yuqoridagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Viloyat "Nuroniy" jamg'armasi raisi o'rinbosari D.Toshboev, tuman "Nuroniy" jamg'armasi raisi S.Boyzoqovlar ham o'z ma'ruzalarida ana shular xususida to'xtalar ekan yoshlar o'rtasida boqimandalik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarni ish bilan band etish, to'g'ri yo'lga yunaltirish, ajrim yoqasiga kelib qolgan  yosh oilalarni yarashtarish, qizlarimizni erta turmushga berishni oldini olish hamda uning salbiy oqibatlari bo' yicha ota-onalari bilan  to'g'ri tushuntarish ishlari olib borish lozimligi ham alohida qayd etib o'tildi. Albatta, kelajagimiz vorislari bu yoshlarimiz. Shunday ekan, buyuk davlatni faqat sog'lom millat, sog'lom avlodgina qura olishini hech birimiz unutmasligimiz lozim.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM