PAYARIQDA BIR KUNDA IKKITA OILA YARASHTIRILDI
05.08.2022 - 15:52Jamiyat mustahkamligining garovi oila mustahkamligi bilan bog‘liq ekan, bu borada oilaviy ajrimlarga yetaklovchi omillarni tahlil etishning hayotiy ahamiyati bor. Oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlarini ko‘pchilik, ayniqsa katta yoshdagilar yaxshi tushunadi. Shu bois har bir insonning suyanchi sanaluvchi bu muqaddas dargohga darz yetmasin deyiladi.