insurez
16-03-2024 10:48


Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o'tkazildi

Ma'lumki, so'ngi yillarda ko'pgina xorijiy davlatlar qatori Xitoy Xalq Respublikasi bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar kuchayib bormoqda. 

Nafaqat mamlakatda balki Samarqand viloyatida shu jumladan, Payariq tumanida ham Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan korxonalar soni ortib bormoqda.

Bugungi uchrashuvda ham ayni masalalar haqida suhbatlashildi. 

Jumladan,  Xitoylik investorlar Payariq tumanida paxtachilik va qovoq yetishtirish bo'yicha klaster tashkil qilish  taklifini o'rtaga tashlashdi. Shuningdek,  yaratib beriladigan sharoitlar,  imtiyoz va imkoniyatlar bilan qiziqdi.

Tuman rahbari hududda unumdor yerlar borligini, yomg'irlatib yoki tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish orqali paxta, g'alladan tashqari ko'plab turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish mumkinlagini aytib o'tdi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishib olindi.