Saylovga tayyorgarlik ko'rishda mahalla xodimlarining vazifalari

Joriy yilning 23-avgust kuni Payariq tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limida o'quv-seminari o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonlarida mahalla tizimi xodimlarining o'rni va vazifalari haqida so'z yuritildi. Seminar davomida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining boshqarma boshlig‘i D.Hasanov, Samarqand viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Djumayevalar tomonidan tumandagi 65 ta mahalla raislariga saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib tamoyillari, saylovlarda ovoz berish qoidalari yuzasidan tushunchalar berb o'tildi.


 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM