Maktablarda 2021-2022 o'quv yilining dastlabki qo'ng'irog'i chalindi

Bugun, 6-sentyabr kuni O‘zbekistondagi umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu tadbirlar Payariq tumanidagi maktablarda ham ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi. 

 “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda  tuman hokimi Z.Ergashev maktabning bitiruvchilari hamda tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi. Ochilish marosimida Z.Ergashev so'zga chiqib, barcha o'qituvchi va o'quvchilarni, Mustaqilligimizning 30 yilligi va  “Birinchi qo‘ng‘iroq” bilan tabrikladi. Shundan so'ng, bu yil 1-sinfiga qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Ma'lumot uchun, 2020-2021 o'quv yilida maktabning 34 nafar bitiruvchilaridan 16 nafari oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bo'lib, bu ko'rsatkich bilan tumanda yuqori natijani qayd etgan maktab hisoblanadi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM