Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Bugun, 7-sentabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar:
 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va tumandagi uchastka saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari, kotibi hamda a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida;

2. Tumandagi avtomobil yo‘llari sifatini tiklash va yaxshilash, jihozlash va obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish bo‘yicha tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori Sh.To‘rabekovning hisoboti;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4801-sonli qarorining 7-bandi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-sonli qaroriga asosan 2021-yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirish yuzasidan Payariq tumanida 2022-yil uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tuman Suv xo‘jaligi meliorativ ekspeditsiya bo‘limi boshlig‘i Z.Kamolovning hisoboti va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM