KURASH - MILLIY G‘URURIMIZ

Joriy yilning 21-sentabr kuni Payariq tumanida Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi,

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat bo‘limi hamda viloyat Kurash federatsiyasi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash – milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning kurash turi bo‘yicha respublika birinchiligining Samarqand viloyati bosqichi  o‘tkazildi.
5-6, 7-8, 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida  o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar) lardan taklif etilgan o‘quvchi-sportchilar 14 ta vazn toifasi bo‘yicha go‘liblik uchun kurashdilar.
Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashlar yakunida g‘olib va sovrindor o‘quvchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan munosib taqdirlandi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM