Salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni oldini olish dolzarb vazifa

Bugun tuman hokimining o‘rinbosari F.Omonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining Payariq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Aminxonov va tuman bosh imom xatibi M.Abduxoliqovlar hamkorlikda “Islom nuri” jome masjidida tumandagi barcha imom xatiblar va noib imomlari ishtirokida navbatdagi uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida jome masjid imomlarining o‘z hududida olib borayotgan faoliyatlarida tegishli mas’ullar bilan ish faoliyatini hamkorlikda olib borishi lozimligi hamda joylarda diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarni buzg‘inchi hamda yot g‘oyalar ta’siridan asrash yuzasidan tizimli va ta’sirchan choralarni amalga oshirish lozimligi, dinning asl insonparvarlik mohiyatini keng yoritish bo‘yicha joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish borasidagi vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun barcha shaxsiy mas’uliyatini oshirish lozimligi xususida kelishib olindi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM