Samarqand viloyati sudi sudyalari ishtirokida Payariq tumanida sayyor qabul o'tkazildi

Samarqand viloyati sudi sudyalari Payariq tumanidagi “Go‘zal” MFY binosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga samarali va huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan tadbir o‘tkazdi.

Sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan 14 nafar xotin-qizlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Sud-huquq masalalaridagi 7 ta murojaatlardan 5 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 
Payariq tuman Boshchurosh MFY D.Xudayqulova murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i bilan nikohi qonuniy rasmiylashtirilmaganligi bois, oilaviy hujjatlar masalasida ko‘p qiyinchiliklarga duch kelayotganligini bildirdi. Murojaat tadbirda ishtirok etayotgan tuman FHDYO bo‘limi mudirasi M.Vahobova ishtirokida ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi.
Gulzor MFYda yashovchi M.Xolbo‘tayeva nabirasiga vasiylik tayinlash to‘g‘risida murojaat qildi. Unga huquqi tushuntirildi.
Shuningdek, aliment, nikoh, oilaviy nizolar, ish joyi, sud hujjatlari ijrosi bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM