Yoshlarning bandligi ta'minlanmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida qaralmoqda.

Prezidentimiz tomonidan har yili Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatlarida hamda viloyatlarga tashriflarida barcha sohalarga ayniqsa, yoshlar muammolari hamda ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘z nutqlarida to‘xtalib o‘tadilar.
Mamlakatimizda joriy yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha juda katta marra va muhim vazifalar belgilab olingan. Bu borada Payariq tumanida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun tuman "Yoshlar markazi" da o'tkazilgan tabdirda "Yoshlar daftari" ga kiritilgan yana 39 nafar yoshlarga o'zlari qiziqqan yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda ularga asbob-uskunalar tuman hokimi Z.Ergashev va sektor rahbarlari tomonidan topshirildi. 


 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM