Payariq tumanida aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlikning hissasi

Joriy yilda Payariq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha qiymati 186,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 59 ta loyihalar amalga oshirilib,   425 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan joriy yil yanvar-avgust oylari davomida dastur doirasida qiymati 68,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 48 ta loyihalar amalga oshirildi hamda 378 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi “2021-2022 yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 374-qaroriga asosan umumiy qiymati 728,7 mlrd.so‘m bo‘lgan 92 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib o‘tgan davr mobaynida 85,5 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib 62 ta loyiha ishga tushirilib, 473 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

-"Yagona bazmgohi" MChJ ning qiymati 2 000,0 mln.so‘mlik maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi loyihasini amalga oshirish orqali 8 ta;

-"Sezem" OK ning qiymati 3 000,0 mln.so‘mlik maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi tashkil etish loyihasini amalga oshirish orqali  6 ta yangi ish o‘rinlari  yaratildi.

Shuningdek dasturdan tashqari loyihalar doirasida qiymati 83,8 mlrd.so‘m bo‘lgan 17 ta loyiha ishga tushirilib qo‘shimcha 3 240 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Elektron onlayn auksion savdo maydoniga jami 170 ta yer uchastkasi chiqarilgan bo‘lib, shundan umumiy maydoni 3,1 gektar bo‘lgan 74 ta yer uchastkasi sotilgan. Shuningdek, umumiy maydoni 1,21 gektar bo‘lgan 58 ta yer uchastkasi sotuv jarayonlari davom etmoqda.

Yil yakuniga qadar qiymati 80,0 mlrd.so‘mlik 13 ta loyiha ishga tushirilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 728,7 mlrd. so‘mlik 92 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 2 550 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan sohalar kesimida:

Sanoat sohasida 460,9 mlrd. so‘mlik 23 ta loyihada 1 667 ta;

Xizmat ko‘rsatishda 186,7 mlrd. so‘mlik 59 ta loyihada 425 ta;

Qishloq xo‘jalik sohasida 81,1 mlrd. so‘mlik 10 ta loyihada   458 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari, bugungi kunda tumanimizda mavjud 2 ta KSZda qiymati 32,7 mlrd. so‘mlik 11 ta loyiha joylashtirildi.

Shundan, Chelak KSZda 6 ta qiymati 7,3 mlrd. so‘mlik loyiha ishga tushirildi va 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Xalqobod KSZda yana 7 ta qiymati 93,9 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi, 300 ta ish o‘rni yaratiladi.

Misol uchun; “Xalqobod” KSZda "Elektrotexnika kompleks" MChJ qiymati 4,2 mlrd. so‘mlik“Transfarmator” ishlab chiqarish loyixasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratadi.

“Xalqobod” KSZda "Sifat elegant servis" MChJ qiymati 4,6 mlrd. so‘mlik“Muzqaymoq ishlab chiqarish” ishlab chiqarish loyihasi hisobiga 15 ta yangi ish o‘rni yaratadi.

Shuningdek, joriy yilda 31,4 gektar maydonda qo‘shimcha 8 ta KSZ tashkil etish bo‘yicha taklif berildi, ularda qiymati 620 mlrd. so‘mlik 480 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida shu kunga qadar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 26 858,0 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shundan, 22 767,0 mln. so‘m oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM