Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketish huquqiga ega

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni, ishlanmaydigan bayram kuni (MKning 131-moddasi). Demak, bugun - barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Shuningdek, 2-3 oktabr sanalari shanba-yakshanba kunlari bo‘lib, MKning 129-moddasiga ko‘ra, Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni hisoblanadi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM