Payariq tuman hokimining O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram TABRIGI

Assalomu alaykum aziz ustozlar!

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorchilik tuyg'usi bilan yashaydi.
Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini beradigan mo'tabar zot - bu ustozlardir. Aziz ustozlar barchangizni qutlug' ayyom – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchangizni xonadoningizga tinchlik, omonlik, sihat-salomatlik tilayman.
Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Zafar Ergashev,
Payariq tumani hokimi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM