“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi

Bugun tuman hokimi Zafar Ergashev ishtirokida "“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlili" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda jurnalist, blogerlar, OAV va soha mutaxassislari ishtirok etdi. 

Bugungi kunda Payariq tumanida «Obod qishloq» dasturlari doirasida ichki yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti ob’ektlarini qurish va ta’mirlash olib borilgan bo‘lib, Shundan

Ichki yo‘llarni ta’mirlash jami 32 km bo‘lib, shundan 11 km yo‘lni asfalt qilish, 21 km yo‘lga qum-shag‘al aralshmasi to‘shash belgilangan.

Bugungi kunda 9,8 km yo‘lga asfalt to‘shalgan, 16 km tuproq yo‘lga tosh to‘kilgan.

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 14 km tarmoq tortish va 3 dona suv inshooti qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 14 km tarmoq tortilgan va 3 dona suv inshooti qurilgan.

Loyiha-smeta xujjatlariga asosan Taraqiyot MFYda 2 ta suv inshooti, Baxrin MFY da esa 1 ta suv inshooti qurilishi ko‘zda tutilgan. Jami bo‘lib loyiha bo‘yicha 3 ta suv inshooti qurilishi belgilangan.

Elektr energiyasi bo‘yicha dastur doirasida 7,3 km tarmoq tortish va 1 dona transformator o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 8,1 km tarmoq tortilgan, ehtiyojdan kelib chiqqan xolda rejaga asosan    0.8 km tarmoq tortilgan va  1 dona transformator o‘rnatilgan.

Gaz ta’minoti bo‘yicha dasturda ko‘rsatilmagan lekin 270 dona suyultirilgan gaz balon aholiga tarqatilgan.

Payariq tumanida «Obod qishloq» dasturlari doirasida irrigatsiya, aloqa va axborotlashtirish tizimlarini yaxshilash, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish bo‘yicha.

Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari bo‘yicha 7,6 km irrigatsiya tarmog‘ini tozalash va 1 dona sug‘orish qudug‘i qurish rejalashtirilgan va hozirda bu yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazilgan.

Qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish bo‘yicha 4 km piyoda yo‘laklari va 72 dona tungi ko‘cha yoritgichlari o‘rnatilgan.

Payariq tumanida «Obod qishloq» dasturlari doirasida ijtimoiy soha ob’ektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlarini qurish va ta’mirlash hamda uy-joy fondini yaxshilash. Shundan;

Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi yangidan qurilishi 1 ta, 1 tasini esa mukammal ta’mirlash belgilangan.

Bugungi kunda 1 ta MTT binosi qurilish ishlari 98% ga, 1 tasini mukammal ta’mirlash ishlari ham 98% ga bajarilgan.

Umamta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish 2 ta (60,- 21)-sonli maktablar etib belgilangan.

Bugungi kunda 1 ta (60) maktabda qurilish ta’mirlash ishlari 100% ga bajarilgan, 1 ta (21) maktabda rekonstruksiya qilish ishlari 70% ga bajarilgan.

Bundan tashqari “Baxrin” va “Taraqqiyot” mahallalarida yangi mahalla markazlari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ikkala mahalla binolari foydalanishgan tpshirilgan.

Payariq tumanida «Obod qishloq» dasturlari doirasida jamoat transporti, maishiy chiqindilar bilan ishlash tizimi va bozor infratuzilmasini rivojlantirish. Shundan;

Chiqindixonalar qurish va ularni ta’mirlash bo‘yicha dasturda 6 ta belgilangan. Bugungi kunda 6 tasi o‘rnatilgan.

Savdo majmualari qurilishi bo‘yicha dasturda 1 ta ob’ekt belgilangan, hozmirda ishlar 40% ga bajarilgan.

Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilishi bo‘yicha dasturda 1 ta ob’ekt belgilangan. Bu yerda esa bugungi kunda ishlar 60% ga bajarilgan.

“Obod qishloq” dasturi doirasida qo‘shimcha Baxrin maxallasida xashar yo‘li bilan 2,2 km tuproq yo‘lga va Taraqqiyot maxallasida xashar yo‘li bilan 1,35 km tuproq yo‘lga tosh to‘kilgan.

 

 

 

 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM