Ish hujjatlarini qonun talablari asosida yuritilish holati o'rganildi

Joriy yilning 7-oktabr va 11-oktabr kunlari Payariq tumani hokimining maslahatchisi J.Abilov, tuman hokimligi bolalar masalalari bo‘yicha sho‘ba mudiri A.Abjalov hamda Din ishlari Qo‘mitasining Payariq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Aminxonov hamkorligida

tumandagi kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarning davomati, ularning fanlarga bo‘lgan munosabatlari shu bilan birgalikda kasb-hunar maktablaridagi mavjud ko‘rgazmali axborot matnlari, ish qog‘ozlari, lotin yozuvida imlo xatolarsiz yuritilish holatlari o‘rganildi. Aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM