Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining qirq uchinchi sessiyasi o'tkazildi

Sessiyada deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi apparat xodimlari, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

1. Fuqarolar huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish va odil sudlovni taʼminlash to‘g‘risida tuman sudlari tomonidan 2021-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudi raisi Turdaliyev Shuxrat Yuldoshevich,

Payariq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Jurayev Bexzod Xamidovich)

Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 3-chorak davomida ish faoliyati iqtisodiyot sohasida odil sudlovni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan holatlarni bartaraf etishga qaratildi.

2021 yil 3-chorak mobaynida Payariq tumanlararo iqtisodiy sudiga kelib tushgan 2289 ta ariza va da’vo arizalarining 1687 tasi mazmunan ko‘rib chiqilgan. Ushbu hal etilgan ishlarning 1245 tasi yoki 73,8 foizi Payariq tuman hududiga tegishlidir.

Hisobot davrida Payariq tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rilgan ishlar yuzasidan bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 187 tani tashkil etgan.

Payariq tuman hududiga tegishli hal etilgan ishlar bo‘yicha da’vogar (arizachi)lar foydasiga 59.640.410.827 so‘m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan.

2021-yil 3-chorakda, qo‘yidagi toifadagi nizolar ko‘p ko‘rilgan:

- kredit shartnomasidan  kelib chiqqan nizolar 351 tani;

- banklardagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish yuzasidan kelib chiqqan nizolar 279 tani;

- mahsulot etkazib berish shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar 223 tani;

- kontraktatsiya shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar 206 tani;

- bankrotlikka oid nizolar 65 tani;

Ushbu ko‘rsatgich ish turkumlari bo‘yicha tahlil etilganda, undirilishi belgilangan mablag‘lar miqdorining 36 534.9 mln. so‘m kredit shartnomasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 5 014.1 mln. so‘mi mahsulot etkazib berish shartnomasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 9 220.5 mln. so‘mi kontraktatsiya shartnomasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 1 018.1 mln. so‘m haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 969.1 mln. so‘m oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 402 mln. so‘mi kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 1 105.8 mln. so‘m lizing shartnomasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, 213.4 mln. so‘mi soliq qonunlarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rilgan ishlarga to‘g‘ri keladi.

Sud qarorlariga asosan undirilish belgilangan va byudjetga tushadigan davlat boji miqdori 1 507,10 mln. so‘mni tashkil etadi.

2. Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 2021-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman prokurori Mamatkulov Utkur Erkinovichning hisoboti.

Tuman prokuraturasi tomonidan “Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jamiyat va davlatning hamda fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlandigan huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish  borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, tuman prokuraturasining bu davrdagi faoliyati mamlakatimiz Konstitutsiyasi, Prezident Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Respublika Bosh prokurori va viloyat prokurorining buyruq hamda ko‘rsatmalari, hay'at qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi ta'minlandi.

Jumladan, iqtisodiy qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan 11 ta tekshirish o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra qonunbuzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 18 ta taqdimnoma, 41 ta prtoest, 15 ta ogohlantiruv, prokuror taqdimnomasi bo‘yicha 21 nafar shaxslar intizomiy 17 nafar shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilgan, 66 mln. 815 ming so‘mlik moddiy zararning ixtiyoriy qoplanishi ta'minlangan hamda 3 ta tadbirkorlik sub'ektining huquqlari tiklanishi ta'minlandi.

3. Tuman mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ergashev Muhamad Abdulhaqovichning 2021-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

2021-yilning III choragida budjetga 19876,8 mln.so‘m prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich haqiqatda 18448,2 mln.so‘mga bajarilib, budjet daromadlariga tushum belgilangan prognozga nisbatan 92,8 foizga taʼminlandi.

Mahalliy budjet daromadlari bo‘yicha:

2021-yilning III choragida tuman mahalliy budjet daromadlariga 15571,5 mln.so‘m prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich haqiqatda 14518,6 mln.so‘mga bajarilib, mahalliy budjet daromadlariga tushum belgilangan prognozga nisbatan 93,2 foizga taʼminlandi.

2021-yilning III choragi davomida hududlarda, mahallalarda targ‘ibot ishlari olib borilib, 193 nafar yakka tartibdagi tadbirkor yangidan ro‘yxatga olindi (29,1 mln.so‘m) va 46 tasining faoliyati tiklandi (6,9 mln.so‘m) hamda ularga 2 ta yollanma xodim ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilda 100,0 mln.so‘mdan 1,0 mlrd.so‘mgacha tovar aylanmaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirlar soni 88 tani tashkil qilib, budjetga 176,2 mln.so‘m soliq hisoblandi.

4. Tumanda “Temir daftar” bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda oldinda turgan vazifalar to‘g‘risida Ollanov Ulug‘bek Sirliboyevichning hisoboti;

Barchamizga maʼlumki so‘ngi yillarda 3 ta daftar, yaʼni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Dastlab xatlov natijalari bilan temir daftarga 3472 ta oila, ularning oila aʼzolari soni 16833 nafarni, shundan mehnatga layoqatli ishsizlari soni 4465 nafarni tashkil etgan edi.

Sektor rahbarlari tomonidan oilaviy sharoiti og‘ir operatsiyaga muhtoj oilalar aniqlanib, tuman kengashi sessiya muhokamalari bilan qo‘shimcha 194 ta oila kiritildi. Ushbu kiritilgan oilalar aʼzolari 742 nafarni, shundan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolari soni 274 nafardan iborat.

Temir daftarga kiritilgan jami oilalar soni 3666 tani tashkil etdi. (oila aʼzolari soni 17575 nafar, 4739 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarni bandligi taʼminlandi shundan Iqtisodiy kompleks 2358 nafar qishloq xo‘jaligi sahosida takroriy ekin hisobiga 1975 nafar Qurilish kompleksi 85 nafar Avvalgi ish joyiga qaytariladigan va boshqa vakant ish o‘rinlariga joylashtiriladigan 270 nafar Investitsiya kompleksi 7 nafar mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Olib borilgan barcha turdagi amaliy ishlar natijasida 3429 ta oila temir daftardan chiqarildi. Ushbu oilalarda bandligi lozim bo‘lgan 4739 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning 4488 nafari doimiy bandligi taʼminlandi. (95 %).

Bugungi sessiyagacha temir daftarda 237 ta oila qolmoqda. Ushbu oilalarning 971 nafar aʼzolaridan 251 nafar mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolarini bandligini taʼminlanishi bo'yicha choralar ko'rish zarurligi ta'kidlandi.

5. Tumanda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tuman hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Omonov Farrux Kuchkorovich hamda tegishli masʼullar tomonidan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.

Payariq tumanida jami 102 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 3 ta kasb-hunar maktablari, 1 ta Tibbiyot kolleji faoliyat yuritadi.

Tumanda jami pedagog o‘qituvchilar 4918 nafarni tashkil etib, shundan 150 nafari informatika fani o‘qituvchilar hisoblanadi.

Payariq tumanida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktablarida 150 nafardan ortiq pedagoglar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 13 nafari informatika fani o‘qituvchilari xisoblanadi xususan, ushbu ta'lim muassasalarida internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni 176 donani tashkil etib, kasb-xunar maktablarida 14 ta fan o‘qituvchilari “uzbekcoders.uz” portali orqali ro‘yxatidan o‘tib, “Bir million dasturchi” loyixasi doirasida sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek 250 dan ortiq talabalar ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tganligi bizga ma'lum.

Tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 102 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, 99 ta umumta'lim maktabi kompyuter texnikasi bilan taminlangan. Yangi tashkil etilgan 100-,101-,102-umumta'lim maktablarida kompyuter jixozlariga extiyoj mavjud.

Tumandagi 99 ta umumta'lim maktablarida 2127 dona kompyuter uskunasi mavjud. Shundan 2018-yilda 36-ta umumta'lim maktabiga “Xitoy granti” asosida jami 527 dona, 2019-2020 o‘quv yilida “EXEMBANK” tomonidan 39 ta umumta'lim maktabiga 677 dona zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan.

Xozirgi kunda tumanimizdagi 75 ta umumta'lim maktablari zamonaviy kompyuterlar (printer 332 dona, skaner 100 dona, elektron doska 38 dona, proektor 119 dona) bilan ta'minlangan.

2002-2014-o‘quv yillar oralig‘ida 24 ta umumta'lim maktablariga kompyuterlar bilan ta'minlangan.

6. 2021-yil III chorak yakuni bo‘yicha Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish va unda kelib tushgan murojaatlar ijrosining tahlili yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Qurbonboy Xudayqulovning axboroti eshitildi.

 

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2021-yil 29-sentabr kuniga qadar jami 685 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardagi masalalarning umumiy soni 692 ta o‘tgan yilni shu davriga nisbatan (532 ta) nisbatan 23%ga yaʼni 153 ta murojaatga ko‘paygan.

Mazkur 685 ta murojaatlarning 684 tasi yozma murojaatlar, 1 tasi og‘zaki murojaat.

Kelib tushgan murojaatlarning 574 tasi xududdagi tashkilotlarga va 117 tasi tegishliligi bo‘yicha yuqori tashkilotga ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.

2021-yil 29-sentyabr kuniga qadar jami 685 ta murojaatlar virtual qabulxonaga kiritilgan.

Xalq qabulxonasiga kelib tushgan jami murojaatlar tasniflanganda quyidagilar maʼlum bo‘ldi, yaʼni mazkur murojaatlarning 5 tasi sud masalalariga oid, 23 tasi ichki ishlar faoliyatigi oid, 5 tasi prokuratura faoliyatigi oid, 84 tasi aliment masalalariga oid, 7 tasi sud  ijrosiga oid, 23 tasi sog‘liqni saqlashga oid, 41 tasi pensiya tayinlash va nafaqa pullarini olishga oid, 7 tasi maktab taʼlimi va maktabgacha taʼlimiga oid, 47 tasi uy-joy bilan  taʼminlash yoki yer ajratish masalasiga oid, 94 tasi ish bilan taʼminlash masalasi yuzasidan, 1 tasi oliy taʼlim masalalariga oid, 13 tasi kredit olish, 6 tasi bank-moliya masalalariga oid, 142 tasi gaz, elektr va suv taʼminotiga oid, 8 tasi kommunal to‘lovlarni hisoblashga oid, 48 tasi yo‘l-qurilish bilan bog‘liq, 4 tasi soliq to‘lovlariga oid, 2 tasi transport masalalariga oid, 3 tasi qurilish sohoxasiga oid, 47 tasi moddiy yordam olish va 82 tasi boshqa masalalarga oid bo‘lgan.

Ushbu murojaatlarning 643 (92%) tasi qanoatlantirilgan, 24 tasiga tushuntirish berilgan, qoldiqda qolib kelayotgan 23 ta murojaat xozirda tegishli davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Payariq tumanidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri Saidov Ozod Musaxonovichning 2021-yil III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Payariq tumanidagi qabulxonasi tomonidan 2021-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Qabulxona faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-sonli Farmoni talablari asosida tashkil etilgan.

Kelib tushayotgan murojaatlar Bosh vazir qabulxonasi tomonidan ko‘rib chiqilib, barchasini hal etish choralari ko‘rilmoqda, shuningdek har bir murojaat business.gov.uz portaliga kiritilib, tegishli tashkilotlarga ijro muddatlari qo‘yilgan holda yuborilmoqda hamda bajarilishi to‘liq nazorat qilinmoqda.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning muammolarini o‘rganib chiqib, muammolarni bartaraf etish, ularga har tomonlama amaliy yordam berish uchun tegishli vazirliklar, boshqarma, hokimliklar va tashkilot korxonalar bilan doimiy hamkorlik qilib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida

2021-yilning to‘qqiz oyi davomida jami 395 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69 taga yoki 17,4 foizga oshganligini ko‘rsatmoqda.

 Ushbu murojaatlarning 68 tasi (17,2%) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabulxonaga, 243 tasi (61,5%) ishonch telefoni orqali, 55 tasi (13,9%) sayyor qabullarda, 29 tasi (7,3%) business.gov.uz interaktiv portali orqali qabul qilingan.

Kelib tushgan jami 395 ta murojaatlar 455 ta masalalarga bo‘linib,  tegishliligi bo‘yicha daraja, soha, va sektorlariga qarab ijrochilarga taqsimlangan. Masalalarning 440 tasi yoki 96,7 foizi hisobot davrida ko‘rib chiqilgan va 15 tasi (3,3%) ko‘rib chiqish jarayonida qolgan.

Ko‘rib chiqilgan 280 ta masalalarning 193 tasi (43,9%) tuman, 227 tasi (51,6%) viloyat va 20 tasi (4,5%) respublika darajasida ko‘rib chiqilgan.

8. Tuman mahalliy byudjetining 2021 yil shakillantirilgan qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun ajratiladigan mablag‘lar yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri Narimanov Kamoliddin O‘ktamovichning hisoboti.

 

9. Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi N.Nurmatovaning axboroti.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar va tuman Kengashining 2021-yil 27-martdagi 168/29-6-sonli qarori bilan “Xalqparvar” komissiya tarkibi va Nizomi tasdiqlandi.

“Xalqparvar” komissiyaning asosiy maqsadi mahalliy hokimliklar hamda mas'ul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun er uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya to‘lanadigan fukarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fukarolar ro‘yxatini shakllantirish borasidagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga binoan 2020-yilda yangi tartib bo‘yicha fuqarolar ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratilgan uy-joylar uchun boshlang‘ich to‘lovlarini to‘lashgan. Ushbu subsidiya asosida uy-joy sotib olgan fuqarolarni “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan oilaviy sharoiti o‘rganilganda, quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

O‘rganish kunida “Qishloq qurilish invest” IK tomonidan qurilgan namunaviy uy-joylar uchun 2017-2020-yillarda ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud 1-nafar fuqaroning kredit qarzdorligi borligi aniqlanib, Turikibola MFYda yashovchi fuqaro Yakubova Shaxlo 1988-yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi, ko‘zi ojiz, bugungi kunda xomiladorlik ta'tilida. Turmish o‘rtig‘i Usmonov Abdurauf 1991-yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi, ko‘zi ojiz. Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi.

“Xalqparvar” komissiyasi tomonidan o‘rganish davomida haqiqatdan ham ushbu fuqaro kam taʼminlanganligi va hozirgi kunda mavjud kredit qarzdorligini to‘lash imkoniyati yo‘qligi aniqlandi.

Shu o‘rinda Turikibola MFYda yashovchi fuqaro Yakubova Shaxlo bugungi kunda mavjud 4 mln.so‘m kredit qarzdorligini "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan to‘lab berishni taklif qilaman.

Tumanimiz fuqarolariga “Xalqparvar” komissiyaning asosiy maqsadi axolining extiyojmand qatlamini na'munali uy joylar bilan ta'minlash pravard maqsadi ekanligini tushuntirib kelmoqdalar.

 

10. Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Tavboyev Azamat Qo‘shboqovichning faoliyati yuzasidan hisoboti.

11. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abilov Jasur Ergashevichning tumanda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z muddatlarida to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitildi.

Fikr va takliflar tinglangach kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM