Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Joriy yilning 11-noyabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining qirq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar: 
1. Hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2021-yilning III chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Payariq tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Kamilovning axboroti; 
2. Tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha 2021-yilning III chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.Xo‘jamovning hisoboti; 
3. Tumanda 2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan ishlar hamda koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash va joriy yilda faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Maxmudovning hisoboti; 
4. O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qarori ijrosini taʼminlash, tumanda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish va aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda faoliyati yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida Payariq va Chelak gaz taʼminoti tuman bo‘lim boshliqlari I.Qodirov, Sh.Ziyadullayevlarning hisoboti; 
5. Payariq tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda faoliyati yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida tuman elektr tarmoqlari korxonasi direktori N.Galaboyevning hisoboti; 
6. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.O‘sarovning hisoboti va boshqa masalalar ko'rib chiqiladi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM