Tumandagi yo‘llar va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati “ mavzusida ochiq muloqot

Payariq tumanida hozirgi kunga qadar 2308 km yo‘l mavjud bo‘lib, shundan 434 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hisoblanadi.

Shundan 102 km ta’mirtalab holatda. 1874 km ichki xo‘jalik yo‘llaridan hozirgi kunda 200.0 km asfalt qoplamali yo‘llar, 1064.0 km shag‘al qoplamali yo‘llar, 610.0 km tuproq qoplamalari mavjud.   Payariq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy 2021 yil tumanimizda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 81 km oralig‘ida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi, Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 2-apreldagi  “Obod qishloq” va “Obod maxalla” dasturi xamda “ichki yo‘llarni ta’mirlash” davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048 sonli qaroriga asosan tumanimizdagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Baxrin maxallasi” va “Taraqqiyot” mahallalaridagi ichki yo‘llarni ta’mirlash rejasi bo‘yicha Baxrin mahallasidagi ichki yo‘llarining dastur bo‘yicha 11.397 km qismi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3.806 km qismiga asfalt qoplamasi, 7.591 km qismi shag‘al qoplamasi, hozirgi kunga kelib “Baxrin” mahallasidagi rejalashtirilgan yo‘llarning 10.797 km qismi bajarildi. Qolgan 0.6 km qismida reja asosida ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Taraqqiyot mahallasidagi ichki yo‘llarining dastur bo‘yicha 16.230 km qismi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 5.963 km qismiga asfalt qoplamasi, 10.267 km qismi shag‘al qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan, bugungi kunga kelib “Taraqqiyot” mahallasidagi rejalashtirilgan yo‘llarning 14.448 km qismi bajarildi, qolgan 1.782 km qismida reja asosida ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Shu bilan birgalikda ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturi bo‘yicha jami    30.0 km ichki yo‘llarga asfalt qolamasi bilan joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda reja asosida 29 km ichki yo‘llarimizga asfalt qoplamasi bilan joriy ta’mirlash ishlari bajarildi, qolgan 1.0 km qismida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqarida tumanimizdagi tuproq qoplamali yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” bilan birgalikda 56.8 km ichki yo‘llarga xashar yo‘li bilan shag‘al to‘kildi.

2021 yil rejasi bo‘yicha tumanimizdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 81.0 km oralg‘ida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Tumandagi ichki yo‘llarning 40.0 km qismi asfalt qoplamasi bilan joriy ta’mirlandi. 18.0 km qismi shag‘al qoplama to‘kildi.

Bugungi kungacha hammasi bo‘lib 114.8 km ichki yo‘llarimiz ta’mirlandi.

Shuningdek, tumanda bugungi kunda 249,5 ming aholidan 157,2 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, ta’minlanish darajasi 63,02 % tashkil etadi.

Qolgan aholi ichimlik suvni alternativ (kachalka, buloq, soy va boshqalar) manbalardan foydalaniladi.

-Tumanda 107 ta suv inshoot mavjud bo‘lib, shundan 2 ta yirik 105 lokal suv inshootlari mavjud.

-Suv inshootlarida jami 124 ta skvajina shundan, 44 ta rekonstruksiya kilish talab etiladi;

-Inshootlarda jami 112 ta vertikal va gorizontal nasoslar mavjud, shundan
33 ta ta’mirtalab;

-Inshootlarning jami loyihaviy quvvati 48,2 ming.m3sut. amalda 9,8 ming. m3sut. tashkil etadi;

-Ichimlik suv tarmoklar uzunligi 323,0 km, shundan 35,0  km ta’mir talab, bu 10,8 % tashkil kiladi.

2021 yilda “Obod qishloq” dasturiga tumandagi Tarraqiyot hamda Baxrin mahallalari kiritilgan bo‘lib, shundan mavjud suv inshootlari rekonstruksiya qilish va 1 dona yangi suv inshooti qurish hamda 13,5 km suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Taraqqiyot mahallasi Mirishkor qishlog‘ida 1 dona mavjud suv inshooti rekonstruksiya qilinib, 4,5 km tarmoq tortildi va Taraqqiyot mahallasi Choporoshli qishlog‘ida 1 dona mavjud suv inshooti rekonstruksiya qilinib, 4,5 km tarmoq tortildi. Baxrin mahallasida 1 dona yangi suv inshooti va 5 km tarmoq tortish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda suv inshootlari ishga tushirilib, jami 521 xonadon yoki 2489 ta aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari “Samarqand suv ta’minoti” MChJ mablag‘lari hisobidan joriy yilning III chorak yakuniga qadar jami 7 ta mahallalarda 5,3 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish natijasida 876 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, Samarqand viloyat hokimi tomonidan 2021 yil 28 avgust kuni Payariq tumani Chelak shahrida joylashgan Transport kollejida o‘tkazilgan Sayyor qabuldagi murojaatlarga asosan qo‘shimcha dastur doirasida “Mustaqillik”, “Toxirshayx” hamda “Birlashuv” mahallalarida jami 3 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish va 22,5 km yangi suv tarmog‘i qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu qurilish ishlarga viloyat mahalliy budjeti hisobidan jami 7,3 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari davom etmoqda, joriy yilning 1 dekabriga qadar qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu ishlar natijasida tuman aholisining ichimlik suvi ta’minoti darajasi 63,02 %dan 69,3 % ga yetadi.

2022 yilda barcha dasturlar doirasida “Chelak” shahridagi 7 ta mahalla aholisining ichimlik suvi ta’minotini yashxilash maqsadida mavjud suv inshootini rekonstuksiya qilib, ya’ni 39,3 km yangi suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda loyixa-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda. Bundan tashqari “Obod qishloq” Dasturi asosida 2 ta mahallalarda mavjud 2 dona suv inshootlarini rekonstuksiya qilish va 21,0 km yangi suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Ushbu ishlar natijasida 28 210 nafar aholi ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 6610 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanib, ta’minlanish darajasi 69,3 %dan 77,6 % ga yetadi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM