Lo'li bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sog'lig'i va ta'lim olishlari yo'lida

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo'shma qarori bilan 2020-2022-yillarga mo'jallangan Milliy harakatlar rejasi va 2021-yil 30-sentabrdagi

"Lo'li bolalarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning sog'lig'i, tarbiyasi, ta'lim olishi va ijtimoiy ahvolini o'rganish to'g'risida" gi Samarqand viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining Qo'shma qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Payariq tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman hokimi bolalar masalalari bo'yicha sho'ba mudiri, tuman prokuraturasi va tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tumanda istiqomat qilayotgan lo'li bolalarning ijtimoiy ahvoli o'rganilib, ularni ta'limga keng jalb etish va sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni aniqlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar tashkil etilmoqda.

2015-2021 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM