Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi o'tkazildi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi o'tkazildi. Sessiyada deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi apparat xodimlari, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

1. Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi M.Eshbekovning hisoboti hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi reglament va deputat odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Nurmatovaning hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori, O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksining 90-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismida ko‘zda tutilgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga rahbarlik, tashkiliy, boshqaruv, nazorat funksiyalari yoki moddiy qimmatliklar harakati bilan bog‘liq majburiyatlar yuklangan hokimiyat ijroiya organlarining devonlari xodimlari kiradi. Bunday toifadagi shaxslarga Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va texnik xodimlari lavozimlari nomenklaturasida (Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilangan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari va boshqaruv xodimlari mutaxassislari kiradi.

Shu jumladan, mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari ro‘yxatiga asosan tuman va shahar g‘aznachiligi bo‘limlari homidlari hamda rahbarlari ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, 23-Chandir saylov okrugidan saylangan deputat Sharipov Aziz Amirovichning arizasiga asosan deputatlik vakolatini muddatdan oldin tugatilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish buyicha chiqarilgan qarorlar ijrosining nazoratida bugungi kunga qadar ishtirok etishmagan. Masalan: Tuman kengashi raisining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga uy-joylar berilishida deputatlar faol ishtirok etgan. Bundan tashqari temir daftarga kiritilgan kambag‘al oilalarga berilgan moddiy yordamlarning xaqqoniyligi deputatlar tomonidan o‘rganildi va boshqa deputatlar tomonidan kambag‘al oilalarga homiylik yordamlari berildi. Lekin ayrim deputatlar, ya'ni 10-O‘rtato‘sin saylov okrugidan Esirgabova Latofat Abdimo‘minovna hamda 27-Oqqo‘rg‘on saylov okrugidan Ahmedov Adham Samarovich tomonidan biron marta xalq bilan uchrashmaganligi, Prezident farmon va qarorlari targ‘iboti, qonunchilik palatasidagi qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va yangi qonunlar, deputatlik so‘rovlari, fuqorolarning murojaatlari yuzasidan umuman o‘rganish ishalari olib bormagan.

Xalq deputatlari Payariq tuman kengashining 10-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputat Esirgabova Latofat Abdimo‘minovna hamda 27-Oqqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Ahmedov Adham Samarovichlar deputatlik faoliyati davrida Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 45 ta sessiyalar o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu sessiyalarda jami 312 ta qarorlar qabul qilingan.

Biroq bugungi kunga qadar o‘tkazilgan sessiyalarda deputatlarimiz L.Esirgabova hamda A.Axmedov sababsiz ravishda umuman ishtirok etmasdan kelmoqda.

Ommaviy axborot vositalariga masalan: Radio, televideniyalarda deputatlar chiqishlar qilishmadi, gazetalarga yuqorida ism familiyasi keltirilgan deputatlarimiz L.Esirgabova hamda A.Axmedov tomonidan umuman maqolalar chiqarishmadi.

Xuddi shunday, deputatlik so‘rovlariga kelsak, deputatlarimiz tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarishda sustkashlikga yo‘l qo‘yilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 25-avgustdagi VI-40-43-7-100-K/21 sonli qarori bilan deputatlarimiz L.Esirgabova hamda A.Ahmedov kelgusida o‘z deputatlik faoliyatiga jiddiy masʼuliyat bilan yondashishi yuzasidan rasman ogohlantirilgan.

Xalq deputatlari Payariq tuman kengashining 10-O‘rtato‘sin caylov okrugidan saylangan deputat Esirgabova Latofat Abdimo‘minovna hamda 27-Oqqo‘rg‘on caylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Adham Samarovichlarning deputatlik faoliyatini muddatdan oldin tugatish taklifi kiritildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

 

2. Tuman mahalliy byudjetining 2021-yil shakillantirilgan qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun ajratiladigan mablag‘lar yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri K.Narimanovning hisoboti;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Omonovning hisoboti.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 3-fevralda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-sonli Farmoni imzolandi hamda 11-fevral kuni Davlatimiz rahbari raisligida davlat dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat dasturida 2 ta katta ustuvor yo‘nalish mavjud bo‘lib, bular:

BirinchisiYoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

IkkinchisiAholi salomatligini mustahkamlash.

Davlat dasturi 5 ta yo‘nalish 273 ta banddan iborat. Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish uchun jami 29 trln 492 mlrd 7 mln so‘m, 2 mlrd 600 mln 4 ming AQSh dollari va 57 mln 5 ming yevro ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi topshiriqlar doirasida bugungi kun holatiga Yoshlar daftari”ga 4086 nafar (9,8 foiz) yoshlar kiritilgan. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 3 990 nafar (98 foiz) “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 1735 nafariga (44,6 foiz) “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 521,4 gektar yer maydonlari ajratildi. 827 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratildi, 417 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 682 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 41 nafar yoshlar ustoz-shogird asosida hunarmandlarga biriktirildi, 27 nafar yoshlar yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda, 217 nafar yoshlarga ijtimoiy qo‘llab-quvvattlash orqali yordam ko‘rsatildi, 75 nafar yoshlarga kontrakt pullari to‘lab berildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha

Payariq tumanida bugungi kunda jami  458 ta sport obyektlari, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yilda sport obyektlaridan “Salomatlik va veloyo‘lak”larning umumiy uzunligi 4.5 km tashkil etib, tumandagi 4 ta mini-futbol sport maydonchasi, 7 taWorkout” maydonchasi, 5 tastritbol” maydonchasi, 5 ta “veloturargoh”, 2 tasportzal”, 1 ta “badminton” maydonchasi, 1 ta “fitneszal”lari foydalanishga topshirilgan.

Tumanda 3 ta stadion, 78 ta sport zali, 1 ta suzish havzasi (xususiy tadbirkorlar tomonidan), 93 ta “basketbol”, 104 ta “voleybol”, 64 ta “gandbol”, 62 ta “futbol” maydoni, 4 ta “fitneszal”, 36 ta “mini futbol” maydonlari, shundan, 32 tasi sun’iy qoplamali futbol maydonchalari mavjud.

Ushbu sport inshootlarida bir kunda tumanimiz aholisining 13 240 nafari sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Tumandagi 2 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sportning 21 ta turi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, tumanda 86 nafar murabbiylar faoliyat ko‘rsatib, tumanimizdagi 2155 nafar o‘sib kelayotgan yosh avlodga sportning sir-sinoatlaridan saboq berib kelmoqda.

Shuningdek, aholini sog‘ligini saqlash yo‘nalishi bo‘yicha davlat dasturida qo‘yidagi ishlar amalga oshirilgan:

Birinchidan, 6-23 oylik 5469 nafar bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 34287 nafar bolalarni “A” vitamini bilan yil oxirigacha ta’minlanadi va 2-10 yoshdagi 50933 nafar bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar (Mebendazol 500 mg) bilan bepul ta’minlandi.

Ikkinchidan, birlamchi bo‘g‘inda umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi (Bunda amaldagi umumiy amaliyot shifokori va hamshiralar o‘rniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari”i tashkil qilindi) hamshiradan iborat tibbiy brigadalar tashkil qilindi.

Uchinchidan, Aholining 1137 nafari yurak-qon tomir kasalliklari bilan, Endokrinologik kasalliklar bilan 4621 nafari dispanser hisobida turadi. Shulardan 1512 nafari QANDLI DIABET kasalligi bilan nazoratga olingan.

Kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish va davolash bo‘yicha 40 yoshdan oshgan aholi qatlamini moslashtirilgan tibbiy protokollar asosida tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tkazilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ibot qilib borilmoqda.

Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 20 shifo o‘ringa mo‘ljallangan kardiologiya bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi.

 

4. Tumanda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi, tumandagi barcha toifa xo‘jaliklarida 2022-yil hosili uchun piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari ekish, aholini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanishi bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i D.Mamasoliyevaning axboroti.

 

Joriy yilning o‘tgan 9 oyida tizimda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Asosiy e'tibor “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili ijrosini ta'minlashga qaratildi. Jumladan:

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishlayotgan xodimlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2021-yil 9 ta mahallalar yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

(Ma'lumot uchun: Dehqonobod, Baxrin, Xosa, Javshar ota, YAngiobod, Qumchuq, Yangi hayot, Taraqqiyot, Ernazarqo‘rg‘on mahallalari).

Tumandagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining xizmat binolarini qurilishi 2021-yil davomida qurilayotgan bo‘lishiga qaramasdan hozirgi kunda qurilish ishlari oxiriga etmasdan qolmoqda. Mahalliy kengash deputatlari ushbu muammoni echishda amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ta'kidlandi.

(Ma'lumot uchun: G‘oyib ota, Bunyodkor,Toshxovuz, Mustaqillik va Bosh cho‘rosh mahallalari).

Shuningdek “Oqqo‘rg‘on” va “Bobur” mahallalari uchun yer ajratilganligi, lekin hozirgi kunda hududda investorlar topilmaganligi sababli ushbu mahallalar ijarada faoliyat yuritmoqda. Yuqoridagi mahallalarning ma'muriy binolarini qurishni 2022-yil mahalliy byudjetning orttirilgan qismidan qurishni rejalashtirishn taklifi berildi.

Joylardagi Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda 2021-yilning I yarmi bilan 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari reyting baholandi. Jumladan, 16 ta fuqarolar yig‘inlarining faoliyati “namunali”, 45 tasi “yaxshi”, 3 tasi “qoniqarli” va 1 tasi “qoniqarsiz”, deb topildi.

2021-yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga asosan 2 ta mahalla binolaridan 2 tasi ham foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari, 4 ta mahalla binolari rekonstruksiya qilindi, 7 tasi joriy ta'mirlandi, shu bilan birga tumandagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining ma'muriy binolarining qurilishi shu bugungi kungacha tugallanmay qolmoqda, ushbu binolarni qurilishini oxiriga etkazish uchun chora-tadbirlar belgilanishi lozim.. 64 ta mahallalarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi, Kattasaydov mahalla fuqarolar yig‘inining ma'muriy binosi Sarbozor mahallasida yashovchi fuqaro Qo‘chqarov Bo‘riboy tomonidan Ipoteka bankidan kredit olish uchun garovga qo‘yilganligi tufayli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelmoqda. 25 ta mahallalarda kompyuter texnikasi va 23 mahallalar mebel jihozlari bilan ta'minlandi, shuningdek, 19 ta mahallalarida internet tarmog‘iga ulandi.

 

5. Hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2021-yilning III chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Payariq tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Kamilovning axboroti.

Payariq tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018-yildagi 3666-PQ-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilning 9 oyida bir qator ishlarni amalga oshirildi.

Jumladan, mazkur davr mobaynida bo‘limga jami 224 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 191 tasi yoki jami hal qilingan 216 ta murojatlarning 88 foizi qanoatlantirilgan, 25 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 3 ta murojaat murojaat mualliflarining iltimosnomasiga muvofiq ko‘rmasdan qoldiridi.

Adliya bo‘limi tomonidan jami 13 ta o‘rganishlarni va 21 ta monitoringlarni o‘tkazilishi natijasida 7531 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasi bilan, “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” jami 82 ta taqdimnomalar hamda 314 ta ogohnomalar tumanning turli idoralariga kiritilgan bo‘lib, shu idoralarning 30 nafar xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan, 5 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan,  amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan 13 ta hujjat bekor qilingan, 3 ta hujjatning ijrosi to‘xtatilgan hamda kiritilgan taqdimnomalar bo‘yicha 194.1 mln. so‘mlik mablag‘lar fuqarolarga to‘lanishi tayminlangan.

Tadbirkorlik sub’yektlarning huquqlarini himoya qilishga doir tuman adliya bo‘limi tomonidan sudlarga kiritilgan 2 ta da’vo ariza yuzasidan sudning hal qiluv qaroriga asosan tadbirkor foydasiga shartnoma shartlarini bajarmagani uchun 129,1 mln. so‘mlik asosiy qarz va hisoblangan 8,4 mln. so‘mlik penya mablag‘larini undirilishi tayminlandi.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va murojaatlarni qanoatlantirilishi natijasida, jami 82 ta da’vo arizalar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga kiritilgan, fuqarolarga to‘lanilishi lozim bo‘lgan 135,4 mln. so‘mlik mablag‘lar sud buyrug‘i bilan undirilgan.

Mazkur davr mobaynida, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan jami 29 nafar shaxsga nisbatan, ularni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun tegishli idoralarga ma’muriy takliflar kiritilib, ularning 28 nafari O‘zbekiston Respubdikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining turli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

6. Tuman xalq taʼlim bo‘limiga qarashli mumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatining ahvoli hamda milliy reytingda ishtirok etgan tuman xalq taʼlim bo‘limi va umumtaʼlim maktablarining natijalari hamda faoliyati yuzasidam amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri v.v.b B.Norqo‘ziyevning hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni hamda 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga muvofiq talim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish topshirig‘i belgilangan.

Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
13-iyundagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta
lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarori tasdiqlab olingan.

Respublika MILLIY REYTINGida 8 ta indikator bo‘yicha (2020-yil holatiga) 14 ta xudud, 207 ta tuman (shahar)lar, 9622 ta maktablar, 58 980 nafar o‘quvchilar nazorat ishlarida, 497 080 nafar o‘qituvchilar va 6 236 751 nafar o‘quvchilar ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etishdi.

Viloyatda 16 ta tuman (shahar)lardan 244 ta maktablar, 5412 nafar o‘quvchilar ona tili fanidan va 5349 nafar o‘quvchilar matematika fanidan nazorat ishlarida, 9760 nafar o‘qituvchilar va 5489 nafar o‘quvchilar ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etishdi.

Umumtalim muassasalarining faoliyat samaradorligini belgilovchi 8 ta indikator (yo‘nalish):

1. INDIKATOR - Bitiruvchilarning umumtalim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va talim sifati darajasi. (Bitiruvchilarning bilim darajasi va oliy talim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi, 20 %);

2. INDIKATOR - O‘quvchilarning chet tilarni bilish darajasi.(Xalqaro va milliy sertifikatlar asosida, 10%);

3. INDIKATOR - 11-sinf bitiruvchilarining bandligi. (Xalq talimi vazirligi malumotlari asosida, 10%);

4. INDIKATOR - O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar soni. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi malumotlari asosida 10 %)

5. INDIKATOR - Pedagoglarning sifat tarkibi. (Oliy va birinchi malaka toifalari asosida, 20%);

6. INDIKATOR - O‘qituvchilarning chet tilarni bilish darajasi. (Xalqaro va milliy sertifikatlar asosida,10%);

7. INDIKATOR - Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman, shahar mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar xajmi. (Moliya vazirligi malumotlari asosida, 10%);

8. INDIKATOR - Manaviy-marifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari so‘rgan 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar asosida, 10 %).

Respublika MILLIY REYTINGIda 8 ta indikator bo‘yicha Samarqand viloyati 10-o‘rin (25,55 ball) egalladi.

Payariq tumani Respublika milliy reytingidagi 207 tuman shaharlar ichida 95-o‘rinni (, 26,9 ball) egalladi.

1. INDIKATOR - Bitiruvchilarning umumtalim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va talim sifati darajasi. (Bitiruvchilarning bilim darajasi va oliy talim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi, 20 %);

Bitiruvchilarning umumtalim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va talim sifati darajasi bo‘yicha Payariq tumani respublikada 55-o‘rin, o‘rtacha 57,9 ball, 13,2%) (207 ta tuman shaharlarga nisbatan o‘rni egallagan. Viloyatda esa 9-o‘rinda

2.INDIKATOR - O‘quvchilarning chet tilarni bilish darajasi. (Xalqaro va milliy sertifikatlar asosida, 10%).

O‘quvchilarning chet tilarni bilish darajasi Payariq tumani Respublikada  170-o‘rin, 0,001 ball); Viloyatda 9-o‘rin

(207 ta tuman shaharlarga nisbatan o‘rni, ball hisobida) bo‘yicha:

O‘qituvchilarning chet tilarni bilish darajasi Payariq tumani Respublikada  151-o‘rin, 0,07 ball); Viloyatda 10-o‘rin

(207 ta tuman shaharlarga nisbatan o‘rni, ball hisobida) bo‘yicha:

3.INDIKATOR - 11-sinf bitiruvchilarining bandligi.(Xalq talimi vazirligi malumotlari asosida, 10%).

Tuman shaharlar kesimida tahlil qilinganda:

-Payariqda 3466 nafar bitiruvchidan 2469 (71%) nafari bandligi ta'minlanmagan.

4.INDIKATOR - O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar soni. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi malumotlari asosida 10 %).

Tahlil natijalariga ko‘ra:

Payariq tumanida o‘quvchilar o‘rtasida 2020 yil mobaynida 5 ta jinoyat sodir etilgan.

5.INDIKATOR - Pedagoglarning sifat tarkibi. (Oliy va birinchi malaka toifalari asosida, 20%).

Viloyat bo‘yicha 663 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “OLIY” toifali o‘qituvchilar mavjud emas. Jumladan:

Payariqda 46 ta (6998-7043-o‘rinlar) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oliy toifali o‘qituvchilar mavjud emas.

“Birinchi” toifali o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda (Respublikada 9622 ta maktablar, foiz hisobida):

-Payariqda 7 ta (9338-9344-o‘rinlar) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida birinchi toifali o‘qituvchilar mavjud emas.

6.INDIKATOR - O‘qituvchilarning chet tilarni bilish darajasi. (Xalqaro va milliy sertifikatlar asosida,10%).

O‘qituvchilarning chet tilarni bilish darajasi (207 ta tuman shaharlarga nisbatan o‘rni, ball hisobida) bo‘yicha:

-Payariq (151-o‘rin, 0,065 ball);

7.INDIKATOR - Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman, shahar mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar xajmi. (Moliya vazirligi malumotlari asosida, 10%).

Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman, shahar mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar xajmi bo‘yicha  Payariq tumani 207 ta tuman shaharlarga nisbatan 122-o‘rnni, har bir o‘quvchi soni bo‘yicha taqsimlaganda 13,1 ming so‘mni tashkil etmoqda.

8.INDIKATOR - Manaviy-marifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari so‘rgan 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar asosida, 10 %).

Pandemiya bo‘lganligi sababli belgilangan tadbirlar o‘tkazilmagan va mazkur indikator bo‘yicha natijalar baholanmagan.

 

7. Payariq tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda faoliyati yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari N.Galaboyevning hisoboti.

 

2021-yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga Payariq tumanida “Samarqand HETK” AJ Payariq elektr taʼminoti korxonasida Payariq tumani, “Baxrin” va «Tarraqiyot» mahalla fuqarolar yig‘inlari kiritilgan. Payariq tumani, “Baxrin” va «Tarraqiyot» mahalla fuqarolar yig‘inida jami xonadonlar soni – 1350 ta bo‘lib hamma aholii isteʼmolchilari elektr energiyasi bilan to‘liq taʼminlangan.

Payariq tumani, “Baxrin” va «Tarraqiyot» mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida “Samarqand HETK” AJ Payariq elektr taʼminoti korxonasi tomonidan «Baxrin» mahallasida 2 dona transformator punkti va 113 dona temir beton ustunlari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi. «Tarraqiyot» mahalla fuqarolar yig‘inida esa 1 dona transformator punkti va 58 dona temir beton ustunlari o‘rnatilib ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 594-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Baxrin” va «Tarraqiyot» mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud barcha isteʼmolchilariga elektron elektr hisoblash (ASKUE) hisoblagichlari o‘rnatilib, 100 % bajarilgan.

Bugungi kunda Payariq tumanida 45000 mingta tayanchlar mavjud bo‘lib, shundan 29250 tasi hali ham eski 70-yillar o‘rnatilgan yog‘och ustunlar. Jami 2000 km dan ziyodroq elektr tarmog‘i mavjud bo‘lib, shundan 1300 km taʼmirtalab. Tumanda 950 ta transformator punkti mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 103 dona transformator punktiga ehtiyoj mavjud. Transformator punktlarining 62 donasi taʼmirtalab. Aholi isteʼmolchilarini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar mahkamasining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ 2661-sonli qaroriga asosan tumanda jami 29 dona qo‘shimcha transformator punkti va 119,2 km havo tarmog‘ini qurish kirgan bo‘lib hozirda 15 dona transformator punkti olib kelinib joylarga o‘rnatilib ishga tushirildi. 72,8 km havo liniyalari yangidan tortildi.

Payariq TETK da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 167 ta transformator punkti joriy taʼminlandi va 86 tasi mukammal taʼmirlandi, 231 km havo tarmog‘i joriy va 123 km havo liniyasi mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi. Bundan tashqari 322 km havo tarmog‘i daraxt shoxlaridan tozalanib salqi simlari tortildi. Bu yil jami Payariq TETK ga 1319 dona temir beton ustunlari olib kelindi. O‘tgan yili jami 442 ta temir beton ustuni olib kelingan edi. O‘tgan yillarga nisbatan aholi isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼmirlash uchun qo‘lidan kelguncha o‘z mehrini berib ishlamoqda.

8. Tumanda 2021-2022-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i K.Axmedovning hisoboti.

 

Tumanda 47 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib shundan 37 tasi XUJMSH larga qabul qilingan, qolgan 10 ta ko‘p qavatli uylar yangi 2020-yil va 2021-yillarda uy egalariga topshirilgan bo‘lib, quruvchi tashkilotning kafolat muddati tugashi bilan XUJMSHlarga qabul qilinishi bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonnnomalar bilan rasmiylashtirilib o‘z vaqtida tuman xokimligi va boshqarma taqdim etib borildi.

- “Payariq farovon” XUJMSH ga qarashli Go‘zal MFY Payariq 50 yillik ko‘chasi 1-uyning oldiga 1 ta yangi bolalar maydonchasi qurib tugatildi, atroflari  tozalanib obodonlashtirish ishlari olib borildi.

“Payariq farovon” XUJMSH ga qarashli Go‘zal MFY Payariq 50 yillik ko‘chasi 2-uyning yo‘lagi (piyodalar yo‘lakchasi) beton qoplama bilan qoplanib, atroflari tozalanib obodonlashtirish ishlari olib borildi.

-Xo‘ja Ismoil MFY, Pong massivida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uylarning to‘liq fasad qismi, kirish yo‘laklari otmosklar, irigatsiya tarmoqlar hamda piyodalar yo‘lakchalar joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

-Bunyodkor MFY Istiqlol ko‘chasi 4-6-7 raqamli ko‘p qavatli uylar joriy ta’mirlanib 1 ta yangi bolalara maydonchasi o‘rnatildi.

- Go‘zal MFY Yangixayot kuchasi 1-2-uylar hamda Kamolot uyi (rakamsiz)  kirish yo‘laklari asfalt qoplama qoplanib ta’mirlandi va 1 ta yangi bolalar maydonchasi o‘rnaitildi.

-“Obod uy” Dasturi asosida ko‘p qavatli uylarda yashovchi mulkdorlarning pasport, INN, JSHR, kadastr raqamlari va shu kabi talab etilayotgan ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni to‘plab ma’lumotlar bazasiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda. Xozirgi kunda “Obod uy” dasturi bo‘yicha noyabr oyida 862 ta xonadondan 779 ta xonadon bo‘yicha to‘liq ma’lumot kiritilib foiz hisobida 93,2% foiz ish bajarildi.

-Chelak shahri Yangixayot MFY Yangixayot massividagi 1,2,3,4,5-raqamli ko‘p qavatli uylarning atroflari obodonlashtirilib, oyning birinchi 10 kunligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha FVV xodimlari bilan xamkorlikda ko‘zdan kechirilib is gazidan ogoh bo‘lishliklari bo‘yicha profilaktik ishlar olib borildi.

-Ko‘p kavatli uylarda yashovchi aholi bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha FVV xodimlari bilan xamkorlikda tumandagi barcha ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirilib is gazidan ogoh bo‘lishliklari bo‘yicha profilaktik ishlar olib borildi.

9. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.O‘sarovning hisoboti.

O‘tgan qisqa davrda Tumandagi aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha «mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla» tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimi joriy etilgan. Shuningdek mahallani xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” bo‘lishini amalda taʼminlash, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolar yig‘inlariga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini taʼminlashga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish borasida tumandagi 4 ta sektordagi extiyojman ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida "Temir daftar" va "Ayollar daftari" ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida 65 ta maxalla fuqarolar yig‘inidagi 262 nafar xotin-qizlarga o‘z-o‘zini band qilish bo‘yicha umumiy qiymati 345000000 so‘mlik texnik vositalar tuman xokimligi va “Maxalla” hayriya jamoat fondi Payariq tuman bo‘linmasi tomonidan topshirildi.

Xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maksadida bir qator tizimli ishlar yulga qo‘yilmagan desak xato bulmaydi. jumladan;

2020-yilning oxirgi 3 oyligi davomida jami 68 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan uyushmagan yoshlar orasida sodir etilgan jinoyatlar soni 5 ta bo‘lib joriy yilning oxirgi 2 oy 15 kunligi davomida sodir etilgan jinoyatlar soni 17 ta ko‘paygan.

2020-yilning oxirgi 3 oyligi davomida xotin-qizlar orasida jami 68 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, joriy yil xisobidan 18 taga kamaygan bo‘lsada, ularning jinoyat sodir etish soni 2 tadan 3 taga ko‘payganligi kuzatilgan. Bu borada xotin –qizlar hamda uyushmagan yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash borasida ularning qiziqishlari va orzu-istaklarini ruyobga chiqarishni har bir soha mutasaddi tashkilotlari o‘z oldigi galdagi eng muhim ustuvor vazifa etib belgilab olishlari zarur. Jumladan tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar bo‘linmasi boshlig‘ining bugungi kundagi faoliyat samaradorligi yashxi emasligi tizimdagi xato va kamchiliklar kuzatilayotganligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.

10. Tuman prokurori U.Mamatkulovning “Payariq tumani 2-sektori hududini 2021-yilning IV choragida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida”gi “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

11. Payariq tuman hokimining 2021-yil 17-noyabrdagi “Payariq tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 111-7-100-Q/21-sonli qarorini tasdiqlash haqida;

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq va obod mahalla dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasi 7-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayn tizimga maʼlumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

13. Xalq deputatlari tuman Kengashida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 93-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 26-avgustdagi 1033-sonli “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining VI chaqiriq, qirq oltinchi sessiyasi Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Chandir hamda 27-Oqqo‘rg‘on saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish 2021-yil 26-dekabr kuni o'tkazilishi ovozga qo'yilib, deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiriga mehnat taʼtili berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM