Payariqda "Street workout" musobaqasi o'tkazildi

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021” loyihalari doirasida yoshlarni sportga qiziqtirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va zamonaviy sport o‘yinlarini ommolashtirish maqsadida “Street workout” sport musobaqasining Payariq tuman bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada tumandagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 52 nafar yoshlar ishtirok etib, musobaqa Tosh  ko'tarish bo'yicha  faxrli 1-o‘rinni Javohir Tolliboyev, 2-o‘rinni  O'ktam Sobirov, 3-o‘rinni oybek Baxriddinov qo'lga kiritdi.
Suningdek, Turnik-bross yo'nalishida  faxrli 1-o‘rinni Bobur Salohiddinov, 2-o‘rinni Umrzoq Xudoyqulov, 3-o'rini Allayor Shirinboyev qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM