Har bir murojaat e'tibor markazida

Haftaning har juma kuni sektor rahbarlari tomonidan o'tkazilib kelinayotgan fuqarolar qabulining bugun navbatdagisi bo'lib o'tdi.

Qabul davomida fuqarolarning yo'l ta'miri, moddiy yordam, elektr energiyasi, gaz ballon, sog'lig'ini tiklashda amaliy yordam, uy-joy olish va shu kabi qator muammoli masalalari sektor rahbarlari tomonidan atroflicha o'rganildi. Kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan mas'ullar belgilanib, ularning yechimi bo'yicha aniq topshiriqlar berildi. 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM