Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o'tkazildi

Bugun Payariq tumani hokimi Zafar Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarori asosida yangidan tashkil etilgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tuman hokimligida o‘tgan uchrashuvda tuman hokimi har bir mahallada yoshlar muammolari sektor rahbarlarining ham muammosi ekanligi, yoshlar yetakchilari faoliyati to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar yetakchilarining takliflari tinglandi hamda bildirilgan takliflar muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilandi.

2015-2022 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM