Tuman hokimligida tezkor shtab tashkil etilgan

Hurmatli tumandoshlar!

Xabaringiz bor, kecha, 25-yanvardan buyon Respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Shu munosabat bilan, turli xil holatlarni oldini olish maqsadida Payariq tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo'limi, Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi, “Payariqgaz” va “Chelakgaz” gaz ta’minoti, tuman Elektr ta’minoti korxonasi, “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tuman filiali va bir qator tashkilotlardan iborat kechayu-kunduz ishlovchi tezkor shtab tashkil qilingan. 

Muammolar yuzaga kelsa quyidagi tezkor shtab raqamlariga qo'ng'iroq qilishlaringiz mumkin.

Tezkor shtab raqamlari:
66-425-16-85
66-425-11-33
66-231-98-54

Xonadoningizdagi elektr va gaz jihozlariga yanada e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM