Hurmatli tumandoshlar!

Xabaringiz bor, 25-yanvardan buyon Respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasidagi uzilishlar sababli magistral gaz quvuridagi bosim keskin tushib ketishi va xonadonlarda tabiiy gaz o'chib qolish holatlari kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, kecha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritildi.
Ayni paytda, ushbu cheklovlar sababli tuman aholisiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish kechiktirilmoqda. 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM