Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va ularga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va ularga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari—hokim maslahatchisi T.Qosimova ishtirokida onlayn matbuot anjumani o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 08 yanvardagi 2-son qaroriga asosan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish tizimini joriy qilish belgilab berilgan. Ushbu qaror bilan xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari” 1 va 2-bosqichi bo’yicha tumanda jami 5129 ta og‘ir vaziyatdagi xotin-qizlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritildi va amaliy yordamlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O’zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag’ishlangan 2021 yil 6 noyabr kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi nutqida Davlat Rahbari xotin-qizlar bandligini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, gender tenglik, oila, onalik va bolalikni himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish masalasiga e’tibor qaratdilar.

Davlat Rahbari xotin-qizlarning muammolarini o’rganish va bartaraf etishishlarini tashkil etish, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimiga oid topshiriqlari ijrosini o’z vaqtida va samarali ta’minlash maqsadida Xotin-qizlarni muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2021 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Bunda mutasaddilar tomonidan “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi yuzasidan qonunchilik loyihalarida belgilangan quyidagi muhim o’zgarish va qo’shimchalarga e’tibor qaratilsin:

-huququiy, tibbiy va psixologik yordamlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlarga ko’rsatilishi zarurligi;

-“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajasi (toifalar) soni 3 taga qisqartirilib, jami 6 ta etib belgilanganligi, Jumladan

1-toifa: Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo’lgan, daromad manbaiga ega o’lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar

2-toifa: Tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ehtiyojmand xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan  ehtiyojmand xotin-qizlar);

3-toifa: Boquvchisi bo’lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi vafot etgan yoki jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan yohud ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi bo’lgan, shuningdek boquvchisi bedarak ketgan hamda nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar hamda FHDYo organlarining ma’lumotnomasi asosida yolg’iz ayollar);

4-toifa: Ijtimoiy himoyaga muhtoj I va II guruh nogironligi bo’lgan xotin-qizlar (mehnatga layoqatsiz, o’zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlar);

5-toifa: uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.

Jumladan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, ya’niy ma’muriy binolar, yerto’lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo’ljallanmagan boshqa binolarda yashayotganlar; doimiy yashash uchun turar joyiga ega bo’lmagan; turar joyida yashash uchun sharoiti bo’lmaganlar; bir xonadonda (kichik hovluda) 3 va undan ortiq oila bo’lib yashayotgan, biroq o’zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining  nomida turar joyi mavjud bo’lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

6-toifa: Qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar (nogironligi bo’lgan farzandini parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar).

Bugungi kunda -“Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi bo’yicha tumandagi 65 ta mahallalarda 30 yoshdan oshgan 49 604 ta xotin-qizlar bo’lib, 46 989 tasi uchun anketa so’rovnomasi to’ldirildi, 2615 ta ayollar uchun so’rovnoma to’ldirilmadi

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM