Tumanda harbiy xizmatga qiziqishi bor yoshlar kam ta`minlangan oila farzandlari, ularni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Payariq tumani Mudofaa bo'limi boshlig'i Sherali Usmonov umumta'lim maktablarida o'quvchilar bilan uchrashib, tumanda harbiy xizmatga qiziqishi bor yoshlar, kam ta`minlangan oila farzandlari, ularni qo`llab-quvvatlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o'tkazildi. 

2021-yil davomida Payariq tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida, 50 (ellik) nafar yoshlarning hujjatlari rasmiylashtirilib, shartnoma asosidagi harbiy xizmatga chaqirildi va xizmat faoliyatini davom ettirmoqdalar.

2022-yilning 31-yanvargacha  15 (o‘n besh) nafar yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan va ularning ro‘yxatlari shakllantirilib, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim qilingan.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘taganlar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatgan chaqiriluvchi yoshlar hujjatlar topshirilishi va o‘qishga qabul qilinganlik natijasi quyidagicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi:

Hujjat topshirganlar 10 nafar, qabul qilinganlar 0 nafar;

2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jamoat xavfsizligi Universiteti:

Hujjat topshirganlar 15 nafar, qabul qilinganlar 2 nafar;

3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi:

Hujjat topshirganlar 5 nafar, qabul qilinganlar 1 nafar;

4. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti:

Hujjat topshirganlar 4 nafar, qabul qilinganlar 0 nafar;

5. CHirchiq oliy harbiy tank qo‘mondonlik bilim yurti:

Hujjat topshirganlar 20 nafar, qabul qilinganlar 2 nafar;

Jami hujjat topshirganlar 54 nafar, o‘qishga qabul qilinganlar 5 nafar.

2021-yilda tuman umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9-sinfini bitirib,  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Temurbeklar maktablariga hujjat topshirib o‘qishga qabul qilingan o‘smirlar soni quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Temurbeklar maktabi (Nukus shahri)  hujjat topshirganlar 7 nafar, qabul qilinganlar 0 nafar;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Temurbeklar maktabi (Farg‘ona shahri)  hujjat topshirganlar 26 nafar, qabul qilinganlar 0 nafar;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Temurbeklar maktabi (Farg‘ona shahri)  hujjat topshirganlar 44 nafar, qabul qilinganlar 1 nafar;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Temurbeklar maktabi (SHahrisabz shahri)  hujjat topshirganlar 22 nafar, qabul qilinganlar 3 nafar;

Jami hujjat topshirganlar 99 nafar, o‘qishga qabul qilinganlar 4 nafar.

2021-yilgi chaqiruvda 620  nafar SCHR xizmatchilaridan 85 nafari bir oylik harbiy xizmatni o‘tagan, 535 nafar SCHR xizmatchilari bir oylik harbiy xizmatni o‘tamagan.

2022-yilgi chaqiruv mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va sifatli o‘tkazish maqsadida chaqiriluvchilarni mahallabay tizimda o‘rganish ishlari tashkillashtirilgan va o‘tkazilib kelinmoqda. O‘rganishlar natijasida 2022-yilgi chaqiruvga 300 (uch yuz) nafar chaqiriluvchilar saralandi va ular bilan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat bo‘yicha pul badallari to‘lovi yuzasidan shartnomalar tuzildi.

2021-yil muddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirgan chaqiriluvchilar jami soni 400 nafar bo‘lib, shulardan umujismoniy tayyorgarlik natijalarini a’lo baholarga topshirib tuman hamda viloyat tibbiy ko‘riklaridan  sog‘lom deb topilgan 244 nafar chaqiriluvchilar komandalarga belgilangan va muddatli harbiy xizmatga jo‘natilgan.

 2021-2022-yilgi chaqiruvida o‘rganishga jalb qilingan chaqiriluvchilar soni 7058 ta bo‘lib, shulardan 2000 nafari tuman mudofaa ishlari bo‘limi chaqiruv punktida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan bo‘lib, 266 nafari muddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirgan. 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM