Payariqlik Mirsaid Saparov - chempion

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Toshkent shahrida 10 ga yaqin davlat aralash jang san'ati ustalari o'rtasida ajoyib bellashuvlar o'tkazildi.

E'tiborlisi, mazkur jang oqshomida tumandoshimiz, Qumchuq mahallasida yashovchi Mirsaid Saparov ham munosib ishtirok etib, qozoqistonlik raqibi ustidan ishonchli tarzda g'alaba qozondi.
Tumandoshimiz, yosh sportchi Mirsaid Saparovni ushbu g'alabasi bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida g'alabalar bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM