MEN DONORMAN AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, tumanimizda 12-14-may kunlari "Beg'araz donor" lik kuni e'tib belgilangan edi. 

Tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilayotgan "Men donorman" aksiyasida tumandagi tashkilot, tibbiyot xodimlari va fuqarolar faol ishtirok etishmoqda.
Qon topshirish jarayonida donorlar tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda qon topshirish amaliyoti amalga oshirilayapdi.
Aksiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM