Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi

Payariq tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining xabar berishicha, tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yilning 30-mayidan 8-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

- turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

- nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

- 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Eslatib o‘tamiz, TAVSIYANOMA OLISHNING O‘ZI TALABA BO‘LISHNI ANGLATMAYDI. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija ko‘rsatganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM