Xalq deputatlari tuman Kengashining hududlardagi mavjud muomomlarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi

Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyat mudiri J.Axunov ishtirokida Xalq deputatlari tuman Kengashining hududlardagi mavjud muomomlarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi   2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son Farmonining Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish bo‘limining 2-maqsadida Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish asosiy vazifa qilib belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashida faoliyat yurituvchi deputatlar tomonidan mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish tobora jadallashib bormoqda.

Bunga yaqqol misol joriy yilning bugungi davriga qadar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 217 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib nazoratga olinishi natijasida ijrosi ta’minlangan holda fuqarolarning muommolari bartaraf etilgan.

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021-yil 23-yanvaridan o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Kengashi kotibiyati faoliyati davomida 35 ta tuman Kengashi sessiyalari o‘tkazilgan bo'lib, 357 ta qarorlar qabul qilingan.

Doimiy ravishda sessiyalarda masalalar muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ushbu chora-tadbirlarning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tomonidan ta’minlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

- Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov okrugi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar deputat tuman Kengashida faoliyat olib bormoqda, - deydi kotibiyat mudiri J.Axunov o'z maruzasida.

Tumanimiz aholisini qiynab kelayotgan muammolarni joyga chiqgan holda tizimli ravishda aholi bilan uchrashib bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va bugungi kunda ijroga yo‘naltirilgan

Xalq deputatlari tuman Kengashi oldingi rasmiyatchilik uchungina ishlaydigan, nomi boru, o‘zi yo‘q tashkilotdan bugungi kunga kelib doimiy harakatdagi rivojlanib borayotgan nazorat organiga aylanmoqda.

Deputatlar tomonidan sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil qilish reja grafik ishlab chiqilib, bugungi kunda ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan

Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyati oshib borayotganligi bugungi kunda sir emas.

O‘tkazilinayotgan sessiyalarda Mo‘htaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda belgilanayotgan vazifalar ustidan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari alohida aks ettirilib, ijrochilarning hisobdor ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.

Bu esa, deputatlardan har doimgidan ham faol va samarali faoliyat yuritishni, o‘z ustida doimiy ishlash zarurligini, qonunchilikdagi yangilardan doimiy xabardor bo‘lib turish lozimligini talab qilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyalari onlayn olib borilayotganligi hamda sesiyalarda chiqarilgan qarorlar ommaviy axborot vositalarida, internet tarmoqlarida shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi ortidan halqimizning davlat idoralarigi bo‘lgan ishonchi ortmoqda.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Savol:

-Mo‘htaram Prezidentimiz tomonidan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta’minlash siyosati keng ko‘lamda olib borilmoqda. Kengash faoliyatida bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Javob:

Tuman Kengashi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda fuqarolar uchun tuman Kengashi sessiyalari onlayn tarzda uzatilinib kelinmoqda. Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha qarorlar E-Qaror platformasi orqali Respublikamizning istalgan joyidan ko‘rish imkoniyati mavjud. Deputatlarning ish samaradorligini oshirish va saylovchilarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini taqdim etish maqsadida brifinglar doimiy ravishda OAV larida e’lon qilinib kelinmoqda.

Savol:

-Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyat tomonidan deputatlarning huquqiy savodhonligini oshirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda?

Javob:

- Deputatlarning huquqiy savodhonligini oshirish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati tomonidan bugungi kunga qadar 30 ga yaqin oflayn va onlayn tarzidagi o‘quv seminarlariga jalb qilindi. Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan deputatlarga faoliyati yuzasidan zaruriy tushuntirish va ko‘nikmalar berib kelinmoqda. Deputatlarning faoliyat savodhonligini oshirish maqsadida doimiy o‘quv materiallari tarqatilinib kelinmoqda.

Savol:

-Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat tashkil etilishi zamirida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

Javob:

-Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021 yil 23 yanvaridan o‘z ish faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda tuman Kengashi sessiyalarining faoliyat samaradorligi oshdi. Deputatlarimiz kun tartibidagi masalalar yuzasidan bir hafta oldindan boshlab zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganishlar olib borilib doimiy komissiya yig‘ilishlarida sessiya uchun qaror loyihalari tayyorlanadi. Bu esa o‘z navbatida tumanimiz hududidagi muommolarni bartaraf etishga munosib hissasini qo‘shadi. deputatlarimiz tomonidan aholi muommolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshdi.

Savol:

-Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining bugungi kundagi faoliyatiga qanday baho berasiz?

Javob:

-Hozirgi kunda tuman Kengashi deputatlari faoliyati faollashgan bo‘lib saylovchilar bilan ishlash samaradorligi oshgan. Aholi muommolarini bartaraf etish bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovlari soni yillar miqyosida oshib bormoqda. Faol deputatlik nazorati o‘rnatilishi natijasida saylovchilarning muommolarini bartaraf etish darajasi oshmoqda. Joriy yilda Oliy Majlis Senati raisi kubogi uchun o‘tkazilgan sport turnirida stol tennisi musobaqasida Norboeva Sohiba tomonidan birinchilik qo‘lga qiritilinib Respublika bosqichiga yullanma oldi. Bir qator deputatlarimiz fahrli o‘rinlarni egalladi.

 

Savol:

-Deputatlarning faolligini oshirish bo‘ o‘z navbatida aholi muomomlarini yechishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Aytingchi bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?

Javob:

-Deputatlarning faolligini oshirish maqsadida funksional vazifalar yuzasidan ish rejalar va turli tadbirlarni o‘tkazish uchun chora-tadbirlar doimiy ravishda tasdiqlanib kelinmoqda. Har chorak yakuni bo‘yicha deputatlarni reyting baholash tizimimiz orqali olgan o‘rinlari e’lon qilinib kelinmoqda. Belgilangan vazifalarni bajarmagan deputatlarimiz sessiya muhokamalariga kiritilidi.

 

Savol:

-2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan. Tuman kengashi kotibiyatining faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qanday imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq?

Javob:

-Tuman Kengashi kotibiyati ish samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda deputatlarga ish haqi berish amaliyotini joriy etish kerak.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM