"Ozodlik" ning navbatdagi ig'vosi

Bugun “Ozodlik” radiosining  telegram kanalida Chelak dehqon bozoridagi holat bo'yicha material e’lon qilindi.

Bozordagi holat bo'yicha tuman hokimligining rasmiy Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali bir necha bor fuqarolar va tadbirkorlar uchun "Ayni paytda "Chelak dehqon bozori" da savdo rastalari qaytadan qurilgan bo‘lib, barcha tadbirkorlarni ushbu rastlarda savdo qilishlarini so‘rab qolamiz." mazmunida e'lon ham berilgan. 
E'londa ma'lum qilinganidek, tadbirkorlar uchun belgilangan savdo hududlari mavjud bo'lsada, hanuzgacha yerda yoki boshqa betartib holda savdo qilish yakunlangani yo'q. Vaholanki, bozor hududini tartibga keltirish maqsadida olib borilayotgan bu o'zgarishlarni nahotki tushunib yetishmayapti. Turli joylarda savdo qilishi ortidan bozordagi sanitariya holati ham buzilishiga sabab bo'lmoqda. Suratlarda ko'rib turganingiz bozor hududidagi bugungi holat. Hech qanday to'siq ko'rinmaydi, savdo rastalari esa bir qatorda ta'mirlangan. Bozor atrofi, asosiy avtomoil qatnov qismida tartibsizliklarni oldini olish maqsadida esa ko'cha bo'ylab kuzatuv kameralarini o'rnatilgan.
Bozor muammosi ham o'z yo'liga, ammo “Ozodlik” radiosi muxbirlari maqsadi yana shu eski-tuski ma’lumotlarni chiqarib, doimgiday odamlar orasida turli ig'vo ma'lumotlar tarqalishiga sabab bo'lmoqda. 
“Ozodlik” ning esa doimgi ishi - O‘zbekistonni jahon hamjamiyati oldida sha’anini yerga urish va aholi o‘rtasida turli-tuman haqiqatga zid xabarlarni tarqatib, ularda davlatga bo‘lgan munosabatlarni o‘zgartirishdan charchamayapti. 
Ularning bu xabarlarni tarqatishi ortidan biror manfaati bormi? 
Har birimiz Vatanni Onamiz deymiz. Lekin bu Vatan xoinlari o'z onalaridan ham voz kechdimikan? 
O'zbekistondagi islohotlarni esa hozirda shu zaminda yashab turgan har bir fuqaro ich-ichidan his qilmoqda.
Hozirda har bir fuqaro aslida “Ozodlik” tarqatayotgan xabarlarga ishonish kerakmasligini allaqachon anglab yetishgan. 
 “Ozodlik” radiosi muxbirlariga bizni tumanni doimgiday yolg‘onlarcha yoritishni bas qilishini tavsiya qilamiz.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM