Konstitutsiyaviy islohotlar jamiyat rivojlanishi uchun muhimdir

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la taʼminlashga qaratilgan.

Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar jamiyatimiz rivojlanishi uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.
 Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Yurt kelajagi va Vatanimiz taqdiri siz va bizning mazkur jarayondagi faol ishtirokimizga bog‘liq bo‘lib, kelgusi taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamshid Axunov, 
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM