Payariq tumani hududidagi mavjud qabristonlar va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi

Bugun Payariq tumani hududidagi mavjud qabristonlar va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligi mutaxassisi Sherali Jo'rayev ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

- Payariq tumanida 135 ta qabriston ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan, 129 tasi Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga olingan. Balansga olingan 129 ta qabristondan 120 tasi qoravul shtat birligi bilan ta’minlangan. 120 nafar qoravulning ish faoliyati 50 nafar nazoratchi tomonidan nazoratga olingan. - deydi Sherali Jo'rayev muloqot boshida.
2022-yilda qabriston qoravullari tashabbusi bilan joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamkorligida mahalliy aholini jalb etib, qabristonlarda hasharlar tashkil etildi. O‘tkazilgan hasharlar davomida qabristonlarning hududlari begona o‘t qoldiqlari va has-hashakdan tozalandi. Bugungi kunda qabristonlarda mavjud ariqlarni kovlash va tozalash, daraxtlarga shakl berib, ohaklash, shuningdek, qabriston ma’muriy binolarini ta’mirlash va ohaklash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, olib borilgan hasharlar va obodonlashtirish tadbirlarida 12300 nafarga yaqin aholi ishtirok etib, qabristonlarning 289.0 gektardan ortiq maydoni obodonlashtirildi. Hasharlarda qabristonlar hududidagi 9500 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, 5600 metr ariq va zovurlar qazlandi. Hashar davomida 530 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Qabristonlar hududi begona o‘t qoldiqlari, has-hashaklardan tozalanib, 26.0 tonnaga yaqin chiqindilar chiqarib tashlandi.
O‘tgan yili qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bilan bir vaqtda qurilish ishlari ham davom ettirilmoqda. Jumladan, “Boshcho‘rosh” “Moylibolta”, “Sarbozor” “Ko‘ktosh ota”, “Birlashuv” “Bo‘zqiyra” “Oqtosh bobo”, “Gʻallakor” “Turkmanovul” “Tomoyrot” “Cho‘michli” “Aliobod” hamda “Mo‘minshayx” qabristonlarining 100 metr qismida panel devor (YEVRO ZABOR) bilan o‘raldi.
Mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan “Juvozxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Oqchelak” qabristonning 860 metr qismi panel devor (YEVRO ZABOR) bilan o‘raldi, 1542 m.kv beton yo‘lakchalar qurildi. 
Bundan tashqari, joylarda mahalliy aholining homiylik mablag‘lari hisobidan ham “Sarbozor” MFY “Primshayx” qabristonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Gʻallakor” MFY hududidagi “Quduqcha”, “Ko‘lto‘sin” MFY xududidagi “Ko‘rsafar”, “Darvishiq” MFY xududidagi “Darvishshayx ota”, “Qirqovul” MFY xududidagi “Qoravultepa”, “Sarbozor” MFY xududidagi “Ko‘ktosh ota”, “Turkibola” MFY xududidagi “Ko‘kterak” va “Boboxo‘ja”, “M.Ulug‘bek” MFY hududidagi “Do‘stlik”, “Aliobod” MFY hududidagi “Mo‘minshayx”, “Farovon” MFY xududidagi “Katalas-1”, “Javshar ota” MFY hududidagi “Javshar ota”, “Nakurt” MFY hududidagi “Pistali ota”, “Xosa” MFY hududidagi “Chuqur”, “Fidokor” MFY hududidagi “Oqtosh”, “Birlashuv” MFY hududidagi “To‘rtko‘l”, “Toxirshayx” MFY hududidagi “Toxirshayx ota”, “Gulzor” MFY hududidagi “Ko‘kto‘nli ota”, “Tomoyrot” MFY hududidagi “Jiyanbek”, “Gulijannat”, “Navruz” MFY hududidagi “Qo‘tirbuloq”, “Bobur” MFY hududidagi “Said Nurmuxammad ota” qabristonlarida ham qurilish obodonlashtirish  ishlari olib borildi. 
“Baxor” MFY xududida joylashgan “Amankana” qabristonining 50 metr uzunlikdagi “Yevro zabor”i hamda mazkur mahalla hududida joylashgan “Ko‘kto‘nli bobo” qabristonining temir panjaralari ranglandi.
Qabristonlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Toxirshayx” MFY hududidagi “Toxirshayx ota” qabristoniga 125 tup manzarali daraxt ko‘chatlari (archa, kashtan, qrim qarag‘ayi), “Ko‘paki” MFY hududidagi “Mullatoxir” qabristoniga 20 tup archa, “Ko‘ktepa” MFY hududidagi “Mullatoxir” qabristoniga 20 tup archa, “Javshar ota” MFY hududidagi “Javshar ota” qabristoniga 10 tup archa, “Birlashuv” MFY hududidagi “Oqtosh bobo” qabristoniga 6 tup archa, “Gʻallakor” MFY xududidagi “Quduqcha” qabristoniga 100 tup archa, “Navbaxor” MFY xududidagi “Do‘stlik” qabristoniga 12 tup archa, “Guliston” MFY xududidagi “Toxirshayx ota” qabristoniga 15 tup archa, “Beshqo‘rg‘on” MFY hududidagi “Oqtosh ota” qabristoniga 7 tup archa, “Madaniyat” MFY hududidagi “Sog‘ish ota” qabristoniga 10 tup archa, “Boshcho‘rosh” MFY hududidagi “Baliqchi” qabristoniga 40 tup archa, “Gʻallakor” MFY hududidagi “Buloqboshi” qabristoniga 15 tup archa,  “Xosa” MFY hududidagi “Zarbuloq” qabristoniga 10 tup archa daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, “Olmazor” MFY hududidagi “Mirxoshim” qabristoniga obodonlashtirish tadbirlari davomida yangi zamonaviy kirish darvozazasi ham o‘rnatildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM