“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi

Bugun tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Payariq tuman bo‘limi, Yoshlar agentligi ishlari Payariq tuman bo‘limi bilan birgalikda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-son qarori 5-bandiga asosan har bir mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ijtimoiy faol bo‘lgan nuroniylarni rag‘batlantirish  maqsadida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik – tanlovining tuman bosqichi bo'lib o‘tdi. Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra 1-o‘rinni "O‘ymovut" mahallasidan Oblaqul Ernazarov, 2-o‘rinni "Toshhovuz" mahallasidan Abduaziz Qo'chqarov va 3-o‘rinni "X.Ismoil" mahallasidan Farog‘at Asqarova qo'lga kiritdi. Tanlov g‘oliblari  tuman hokimligi va "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM